Dembele “Bavariya”ga o'tmaydi

14 iyul 2019, 09:52
“Barselona”ning hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele “Bavariya”ga o'tmaydi, deya xabar bermoqda Bild.

Nashr xabariga ko'ra, futbolchi ko'k-anorranglilar tarkibida qolishni istayapti. Qolaversa, kataloniyaliklar rahbariyati ham futbolchini jamoada saqlab qolish niyatida.

Dembele 2017 yilning avgustida 125 million evro evaziga “Borussiya”dan “Barselona”ga kelib qo'shilgandi. Shu vaqt oralig'ida u “Barsa” tarkibida 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 22 yoshli yarim himoyachining shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amalda bo'ladi. 


Manba: Bild