Dembele "Barselona"dan katta maosh talab qilmoqda

Alisher
4 yanv 2022, 15:31
Kataloniyaning "Barselona" klubi fransiyalik vinger Usmon Dembele bilan hamkorlikni uzaytirish bo'yicha kelisha olmayapti.

Kelishmovchilik o'yinchining yuqori moliyaviy talablari sabab ro'y bermoqda.

Dembele muzokaralar davomida maosh talabini qo'ydi. U yangi shartnomaga ko'ra, yiliga 20 million evro maosh olmoqchi. "Ko'k-anorranglilar" moliyaviy inqiroz sabab bunday yuqori maoshga kafolat bera olishmaydi.

Agar tomonlar kelisha olishmasa, Dembele klubdan ketadi. Yarim himoyachi bilan "Yuventus" va "Manchester Yunayted" shartnoma imzolashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport