
"Bir futbolchi yaxshi o'ynasa, ikkichisiga o'sha joyda harakat qilish qiyin bo'ladi deganman. Fabregas va Kostaga asosiy tarkibdan joy olish uchun ko'p ter to'kishlariga to'g'ri keladi deganim - bu tahdid emas. Men revansh qilmayman yoki kimgadur javob bermayman. Kaminaning so'zlari futbolda xar kuni ishlatiladigan iboralar. Hech kim terma jamoadagi joyidan ayrilgani yo'q" - deydi murabbiy.