So’nggi yangiliklar

14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  0 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  3 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3

Debyut o'yinida qahramonga aylangan Alisher Yangiliklar

Debyut o'yinida qahramonga aylangan Alisher

JCH-2022 saralash bosqichining 2-raundi 1-tur doirasidagi Tojikiston - Qirg'iziston uchrashuvida hal qiluvchi golni urgan Alisher Jalilov o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

SHu kuni Tojikiston terma jamoasi tarkibida o'zining ilk uchrashuvini o'tkazgan va unda qahramonga aylangan Alisher Jalilov matbuot anjumanida qatnashdi va o'zining taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Alisher Jalilov: - Har bir bolakay bir kun kelib milliy jamoa safida o'ynashni orzu qiladi. Bugun mening orzuyim amalga oshdi. Men Tojikiston farzandi va shu jamoa libosini kiyganimdan faxrlanaman. Birinchi o'yin bo'lgani uchun hayajon sezildi. Biz yirikroq hisobda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Yaratilgan ko'plab vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Hali ishlashda davom etamiz. CHunki har doim rivojlanish va o'sish kerak. 

Men hech qanaqasiga ham o'yin qahramoni bo'lganim yo'q. Maydonda bir o'zim emas, balki butun jamoa o'ynadi. Ular menga gol urishda juda katta yordam berishdi. Muxlislar manzili tomon esa faqat iliq so'zlarni aytishim mumkin. Ularga katta rahmat! Biz ularsiz hech qanday natijaga erisha olmaymiz. 

Debyut o'yinni o'tkazish bir baxt. Debyutda gol urish esa... Yaxshisi buni sharhsiz qoldirganim maqul. Qanday xursand bo'lganim va golni qay tariqa nishonlaganimning o'ziyoq ko'p narsani aytib turibdi. Men urgan golimni "Istiqlol" klubim prezidentiga bag'ishlayman. CHunki o'yindan oldin debyut bahsida gol urishga vada bergandim.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика