So’nggi yangiliklar

11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  1 11:25Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  0 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  4 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  7 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  4 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4

De yure - saylov tugadi. De fakto - ochiqlanishi kerak bo'lgan masalalar hali ham bor Yangiliklar

De yure - saylov tugadi. De fakto - ochiqlanishi kerak bo'lgan masalalar hali ham bor

To'g'risi, adashib ketdim.

Umid Ahmadjonovdan umid qilayotganlar ko'p. Yosh, sochiga oq tushib ulgurmagan, bunga qadar olimpiya harakati bilan bog'liq lavozimlarda ishlagan kadr. Sportdan uzoqda emas, ishlariga omad. Ammo savolim bor: Ahmadjonov prezidentligi qanday bo'ladi?

Yangi prezidentda Mirabror Usmonovniki kabi vakolatlar bo'ladimi? Aytmoqchi bo'lganim, bunga qadar hamma bir kishining og'ziga qarab turgan. Endi-chi? Klub rahbarlari, futbolchilar, murabbiylar, hakamlar va jurnalistlar fikri tashkilot uchun ahamiyatli bo'lsa yaxshi. Unday bo'lmasa-chi?

Umid Ahmadjonovning futbolga kirib kelishi Bobur SHodiev bilan bog'liq. SHodiev O'FF ijroqo'mining azosi va “Paxtakor” prezidenti. Bungacha Ahmadjonov shu klubda vice-prezident edi. Demak, SHodievning fikri tashkilot uchun, hech bo'lmaganda, prezident uchun juda muhim, to'g'rimi? Mirabror Usmonovning roli biroz boshqacharoq edi. Demak, birinchi o'zgarish bor. Yaxshi yoki yomon degan xulosa hozir kerak emas, chunki tizim qanday ishlashini hech kim bilmaydi.

Tanganing ikkinchi tomonida Ochilboy Ramatov bor. “Lokomotiv”ning oyoqqa turishida va mamlakatning eng yaxshi klublaridan biriga aylanishida katta rol o'ynagan inson. Uning mamlakat Bosh vaziriga birinchi vice ekani inobatga olinsa, mavqe jihatdan Umid Ahmadjonovdan ancha katta. Tashkilot ichida esa buning aksi. Bunda asosiy so'z kimniki bo'ladi: Ahmadjonovnikimi yoki Ramatovniki?

Keling, masalani ijobiy tomondan ham baholab ko'ramiz. Bungacha faqat bir kishining aytgani bilan ish qilingan bo'lsa, endi maslahatlashishi mumkin bo'lgan kamida uch kishi bor: SHodiev, Ramatov, Ahmadjonov. Umid qilamanki, bu so'z erkinligi mavjud bo'lgan, shaffoflik va professionaligi bor tashkilot uchun dastlabki qadam. Va albatta, buning aksi ham bo'lishi mumkin. Bungacha barcha savol faqat bitta insonga edi. Hozir esa uch kishi o'rtasida aylanib qolishimiz katta ehtimol.

IIB boshlig'i Po'lat Bobojonov, O'zDJTI rektori SHoakram Isroilovning vice bo'lgani tushunarli. Bundan 4 yil avval Usmonovning o'zi yordamchilarini o'qib eshittirganida ham bu kabilar bor edi. Futbol uchrashuvlarida eng birinchi talab - xavfsizlik, demak, sohaning eng katta odami kerak.

Biroq boshqa tomoni ham bor. Usmonov o'z vicelarini o'qiganida Asqar Tolibjonov va Sardor Rahmatullaev ham qatordan kam bo'lmagandi. Ular hozir arosatda. Na ishdan ketgani borasida xabar bor va na joyida qolgani. De yure hech kim ishdan ketmadi. Umid Ahmadjonov o'zining birinchi yig'ilishida ularni qayta tanishtirishi - birinchi variant. Ikkinchisi, hech qanday tanishtiruv bo'lmaydi va hammasi kelgan joyidan davom etadi, yani, eski qahramonlari bilan.

Rahmatullaevning o'rnini Ochilboy Ramatov egallab bo'ldi. Balki birinchi lavozimi - bosh kotiblik uchun kerak bo'lib qolishi katta ehtimol. Terma jamoalar so'ziga esa Asqar Tolibjonov nomi qo'shib eslanadi, to'g'rimi?

Xullas, shunaqa gaplar. Aytmoqchi bo'lganim, saylov o'tib, hammasi tugagani yo'q. Endi yangi cikl boshlandi. Biz Umid Ahmadjonovning O'FFdagi ilk yig'ilishini kutamiz. Yangi rahbarlarning barchasidan yaxshisini umid qilganim va ularni hurmat qilganim holda aytamanki, eskilar va yangilarning almashishi o'rtasida baribir eskilik sarqiti ko'rindi. Nomzod saylov kuni ko'rsatildi va unga hamma bir ovozdan qo'l ko'tardi. Bunda yangi prezidentga etiroz yo'q, shunchaki uning nomi nima sababdan yashirilgani tushunarsiz. Aslida bunga eski rahbariyat javob berishi kerak, yangisi esa kelgan kunidan buyog'iga javob beradi.

Xulosa(m). Muxlislar va jurnalistlar umidi ham yangidek bo'lishi uchun, biz faqat yangilarni ko'rishimiz kerak. Eskilarni esa taniymiz, bilamiz. Hurmatni saqlab qolishimiz uchun, ular avval o'zlarini va keyin qolganlarni hurmat qilib, yangilarga ishonch bildirishlari va joy bo'shatishlari chiroyli ish bo'lardi. Axir vaqtida keta olish ham bir sanat...  


Muallif :
Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика