

Ispaniyalik futbolchi yozgi transfer mavsumida jamoasini o'zgartirishni rejalashtiryapti. Goal.com nashrining xabariga ko'ra, 30 yoshli darvozabonga “Bavariya”, “Yuventus” va PSJ klublari da'vogarlik qiladi.
Avvalroq “qizil iblislar” De Xeaning o'rnini “Milan” posboni Janluiji Donnarumma bilan to'ldirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.



