So’nggi yangiliklar

19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 19:10Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 19:02Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  2 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  1 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4

De Xea, Valenciya va CHicharitoning bir-birlari haqidagi fikrlari Yangiliklar

De Xea, Valenciya va CHicharitoning bir-birlari haqidagi fikrlari

"MYU" rasmiy sayti David De Xea, Antonio Valenciya va CHicharitolardan bir biriga bo'lgan fikrlari haqida intervyu oldi.
Salom yigitlar. Demak birinchi Antoniodan boshlaymiz. Bu mavsumdagi uning o'yinini qanday baholaysizlar?
David: Meni o'ylashimcha u mavsumni yaxshi boshladi. Keyinchalik esa jarohat oldi, shunday emasmi Antonio? Tiklanishi uchun ozmuncha vaqt ketdi. U formasini tiklash uchun maksimum harakat qildi va mavsum oxirida buni uddaladi.

CHicharito: Antonio o'tgan mavsumda jamoamizning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi va bu tasodif emas, u bizni ko'p o'yinlarda g'alabaga etakladi. Ha, Antonio bu mavsumda qandaydir natija ko'rsata olmadi, lekin David aytganidek unga haqiqatdan ham jaroxatlar xalaqit qildi.  Lekin biz hammamiz Antonioning qudratini bilamiz, shuning uchun yana u bizga juda kerakli o'yinchiga aylanishini kutamiz. Bizning jamoada hamma o'z joyini va vazifasini yaxshi biladi. O'ylashimcha Antonio jamoamiz uchun o'z o'yini bilan ishonchi va “Yunayted”dagi o'rniga erishadi.

Endi navbat Davidga...

David De Xea:
Men haqimda yaxshi gapiringlar.

CHicharito: Oldingi intervyularimdan birida Davidni hozirgi vaqtda dunyoning eng zo'r o'yinchilardan biri ekanligini aytgandim. SHahsan men uchun u dunyodagi eng yaxshi darvozabon. Bu mavsumda David uning  asosiy tarkibdagi joyini egallashi kerakligini isbotladi. O'ylashimcha xohlagan o'yinchi unga ishonch bildirishsa o'zining eng yaxshi o'yini ko'rsata oladi va David buni haqiqatdan uddaladi.

Antonio: U hamma uchun ideal. Ishonchim komilki uni Ispaniya terma jamoasining birinchi jamoasiga chaqirishadi. Uning jamoadagi do'stlari 1-2 yildan o'z yurtining asosiy darvozaboni bo'lishini bilishadi. Biz uning o'yinidan xali ko'p marotaba zavq olamiz.

Xaverni qanday odam deb hisoblaysizlar?

Antonio:
Xaver haqida nimadir yangi gap aytishim qiyin. U bizning jamoamizga kelganiga uch yil bo'ldi va qanchadan qancha muhim gollar urdi bu esa ajoyib. Uning bu mavsumdagi ko'rsatkichlariga qarang. Agar adashmayotgan bo'lsam 25ta o'yinda 15ta gol. Mening nazarimda bu ajoyib natija. U mening jamoadoshim ekanligidan va har kuni men bilan mashq qilishidan juda xursandman.

David: Janob Antonio aytganidek CHicha maydonda biz uchun juda ham kerak. U juda ham hushchaqchaq va tartibli inson. Uni o'z ishiga qanday yondashishini ko'rish etarli. U bilan yonma-yon o'ynash juda yoqimli. Unda ko'p yaxshi seriya bor va Xaver biz uchun juda ko'p hayotiy muhim gollar uradi.

CHicharito: Men shuni aytishni xohlardimki David va Antonio bilan ishlashdan xursandman. Biz ispan tilidan suhbatlashishimiz mumkin, bu esa juda muhim.

redevils.ru saytidan Javlonbek Yusupov tarjima qildi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика