So’nggi yangiliklar

19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  11 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   3 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  21 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  6 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3

De Xea – erkin agent, maosh sabab MYU va o'yinchi o'rtasida yangi shartnoma imzolanmayapti. Buyog'iga nima bo'ladi? (mutolaa uchun) Yangiliklar

De Xea – erkin agent, maosh sabab MYU va o'yinchi o'rtasida yangi shartnoma imzolanmayapti. Buyog'iga nima bo'ladi? (mutolaa uchun)

Saudiya Arabistonidan variant bor.

32 yoshli darvozabon David De Xea rasman ishsiz, 30 iyunda uning "Manchester Yunayted" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etdi. Ispanning buyog'iga qaerda o'ynashi – savol.

Uning kelajagi atrofida nimalar bo'latganini tahlil qilamiz.



De Xea maoshining tushishiga tayyor edi – ammo, MYU o'z taklifini qaytarib oldi

Boshlanishi uchun muhim jihat: Ten Xag o'tgan yozdayoq David uchun o'rinbosar izlagandi, ammo tarkibni birinchi mavsumdayoq bunchalik qayta shakllantirishga tavakkal qilmadi. SHu bilan birga, undan ham muhimroq poziciyalar bor edi. Ammo, darvozabon masalasiga "Brentford", "Sevilya", "Man Siti" bilan o'yinlardagi xatolardan so'ng muntazam ravishda qaytildi.

SHartnoma bo'yicha muzokaralar esa baribir bordi – quyida esa bu jarayon so'nggi oylarda qanday rivojlangani bilan tanishishingiz mumkin.

The Athletic malumotiga ko'ra, David MYUda qolishni xohladi, ammo uni klubning yangi shartnoma borasidagi ilk taklifi qoniqtirmadi. Ispan haftasiga 375 ming funt oldi – klub esa ancha kam taklif qildi.

ESPN aprelda darvozabonga bo'lgan asosiy to'lov kamayishi, ammo bonuslar ko'tarilishini yozdi. Tomonlar mayda shartnoma imzolashga yaqin edilar, ammo, MYU shu bilan birga De Xeaga asosiy darvozabon statusini kafolatlamadi.

• Mavsum so'nggida asosiy bo'lishga imkoniyat deyarli qolmadi: MYU variantlar izladi (eng ko'p tilga olinganlari – Onana, Rayya va Koshta), De Xeani esa ikkinchi qilishni rejalashtirishgandi.

• SHartnomaning so'nggi kunlarida The Athletic'dan yangi tafsilotlar chiqdi: MYUning o'zi dastlabki shartlarini rad etgan va De Xeaga maoshni yanada ko'proq pasaytirishni taklif qilgan. Daily Mail'ning xabariga ko'ra, buning tashabbuskori Erik ten Xag bo'lgan.

• The Telegraph'ning ham talqini bor: Davidga martdayoq yangi shartnoma taklif qilishgan, ammo u ehtimoliy variantlar sabab qaror qabul qilishni cho'zgan.



Yakunda vaziyat shartnoma yakunlanadigan 30 iyunga qadar hal bo'lmadi. MYU masalaga o'yinchining to'yidan so'ng qaytadi, bu haqda hatto saytda ham qayd etilgan: shartnomaning tugashi haqidagi xabarda muzokaralar haqida eslatma bor.

"Yunayted"da ikkita variant bor: 1) Onananing xaridi va David bilan shartnomani uzaytirish va zaxiraga o'tkazish; 2) ispan birinchi raqam bo'lib qoladi, ammo klub raqobat uchun yosh darvozabon xarid qiladi.


Davidga faqatgina Saudiya Arabistonida qiziqishmoqda. U Ronaldu tomon yo'l olishi mumkin

De Xea 1 iyuldan erkin agent. U har qanday davogar klubga tekinga tushishi mumkin.

Ko'plab taniqli o'yinchilarni Saudiya Arabistoni klublari kuzatmoqda, u erda De Xea ham bor. Britaniya mediasi "Al-Nasr"ning qiziqishi haqida yozdi. Xabarga ko'ra, darvozabonga haftasiga 250 ming funt taklif qilishga tayyor. "Al-Nasr"da yarim yildan beri Krishtianu Ronaldu o'ynamoqda, kecha Marcelo Brozovichning transferi elon qilindi, shuningdek Xakim Ziesh bilan shartnoma imzolashga harakat qilinmoqda.

Bu Davidga bo'lgan qiziqish haqidagi yagona mish-mish, Evropada variantlar yo'qqa o'xshaydi. Oldin darvozabonni "Real" va PSJ kuzatgan bo'lsa, hozirda ispan ularga kerak emas.


De Xeaning hozirda muzokaralarga vaqti yo'q – u uylandi!

Bu kunlar uning shaxsiy tarixiga kiradi, ammo MYU bilan shartnoma yakunlgani uchun emas. De Xea yilning ikkinchi qismidagi ikkinchi kunda Edurne Garsiyaga ylandi. Edurne – Ispaniya sharafini Eurovision qo'shiq tanlovida himoya qilgan taniqli pop-qo'shiqchi; u hozirda teleboshlovchilik faoliyatini rivojlantirmoqda.

Juftlik anchadan beri tanish ("Atletiko"dagi vaqtlardan beri), ularning Yanay ismli qizi bor.

Britaniya mediasi MYUning De Xeadan yangi muzokaralar o'tkazish uchun o'ziga yangi klub izlamasligini so'ragan. SHu bilan birga, "Yunayted" De Xeaning Ispaniyada xotirjam xordiq chiqarishini xohlaydi, muzokaralar esa to'y tantanalaridan keyin bo'lib o'tadi.



The Telegraph aniqlik kiritmoqda: David hatto yangi shartnoma imzolamasa ham, klub u bilan chiroyli xayrlashadi. Barcha xayrlashuv maksimal tarzda yaxshi o'tishini xohlaydi.


De Xeani ham tanqid qilishmoqda, ham qoldirishmoqchi

De Xea – "quruq" o'yinlar bo'yicha klub rekordchisi, o'tgan mavsum "Oltin qo'lqop"ni qo'lga kiritdi – ammo, unga juda ko'p savollar bor. Masalan, Rio Ferdinand va Pol Skoulz De Xeaning MYUga mos tushishiga shubha qilishmoqda. "U dahshatli jamoada eng yaxshi o'yinchi bo'ldi", – bu Gari Nevillning fikri. Roy Kin esa De Xeaga ijobiy munosabatda emas: "Men uni tezroq kuzatib yuborgan bo'lardim. U kerak emas deb hisoblayman". Duayt York bunga qo'shilmaydi: "Hatto xatolar bilan ham, uni hech kimga alishmasdim".

Bu esa MYU bosh murabbiyi assistenti Benni Makkartining gaplari: "Agar "Man Yunayted" De Xeadek darvozabonni yo'qotsa, bu jinoyat bo'ladi". Bu Ten Xagning poziciyasini anglatadimi? MYUda darvozabon poziciyasi bo'yicha savol to'liq ochiq turibdi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика