De Xea APLdagi o'yinlar soni bo'yicha MYUda Runini ortda qoldirdi
04 jan 2023 09:20
Yangiliklar


De Xea APLdagi o'yinlar soni bo'yicha MYUda Runini ortda qoldirdi
Angliya chempionati 19-turida “Manchester Yunayted” o'z maydonida “Bornmut”ni 3:0 hisobida engdi.
Uchrashuvni to'liq o'tkazgan David de Xea “qizil iblislar” libosida APLdagi 394-o'yinini o'tkazdi va bu borada klub gvardiyachilari ro'yxatida 4-o'rindagi Ueyn Runini (393) ortda qoldirdi. Ispaniyalik posbondan yuqorida esa 3 futbolchi bor: Rayan Giggz (632 bahs), Pol Skoulz (499) va Gari Nevill (400).
32 yoshli de Xea 2011 yildan beri manchesterliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar