De Paul keyingi haftada "Atletiko"ga transferi oldidan tibbiy ko'rikdan o'tadi
19 iyu 2021 11:01
Yangiliklar
De Paul keyingi haftada "Atletiko"ga transferi oldidan tibbiy ko'rikdan o'tadi
"Udineze" yarim himoyachisi Rodrigo de Paul "Atletiko"ga o'tishga yaqin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 27 yoshli argentinalik futbolchi keyingi haftada Madrid klubiga o'tishi oldidan tibbiy ko'rikdan o'tadi.
O'yinchi "matraschilar" bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
De Paul o'tgan mavsum A Seriya doirasida o'z jamoasining 2ta o'yinini o'tkazib yubordi, u barcha musobaqalarda 9ta gol va 11ta assist qayd etdi.
Fikrlar