De Ligtning transferidan Rayola qancha ishlab olishi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
1 iyul 2019, 19:27
"Ayaks" himoyachisi Matteys De Ligt "Yuventus"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Calciomercato"ning "La Stampa"ga asoslanib bergan xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchining agenti ushbu transferning ortidan 11 million evro ishlab oladi. Bu transfer narxining (70 million evro) taxminan 15 foizi degani.

Oldinroq gollandiyalik futbolchi "Yuventus" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekishi va unda yiliga 12 million evro maosh olishi borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato