De Ligtni 150 mln evroga xarid qilish mumkin bo'ladi
20 sen 2021 17:38
Yangiliklar
De Ligtni 150 mln evroga xarid qilish mumkin bo'ladi
"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligtning kelajagi so'roq ostida.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, de Ligtning "keksa sinora" bilan tuzgan shartnomasida uni 150 mln evroga xarid qilish mumkinligi borasida band bor. Bu band 2022 yilning yozida faollashtirilishi mumkin. SHu bilan birga, "Yuventus" futbolchini o'z safida saqlab qolishga umid qilmoqda.
Matteysning "Yuventus" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi "Yuventus" safida jami 79ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar