De Ligt: "Van Deyk va Ronaldudan birini tanlay olmayman"
24 sen 2019 21:50
Yangiliklar


De Ligt: "Van Deyk va Ronaldudan birini tanlay olmayman"
"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt FIFA talqiniga ko'ra, yil jamoasiga kirganiga fikr bildirdi.
"Yuventus"ga o'tganimdan keyin ko'p narsa o'zgardi, lekin hammasi yaxshi ketmoqda. Men ushbu qarorimdan afsuslanmayman. Yil termasiga kirganimdan juda xursandman. Bu menga bildirilgan yuksak ishonch. Eng zavqli joyi, bu mashhur futbolchilar bilan bir sahnada turish. Ularning bazilari tirik afsonalardir. Van Deyk va Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashim, bu mening omadim. To'g'risi, ulardan birini tanlash kerak bo'lsa, bu ishni qila olmayman", – deydi de Ligt.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar