De Laurentis: "Barselona"da transferlar uchun pul bor deb o'ylamayman"
20 may 2022 18:01
Yangiliklar


De Laurentis: "Barselona"da transferlar uchun pul bor deb o'ylamayman"
"Napoli" prezidenti Aurelio de Laurentis "Barselona"da qandaydir o'yinchining transferini amalga oshirish uchun pul borligiga shubha qildi.
Italyan bu haqda neapolliklar himoyachisi Kalidu Kulibalining "ko'k-anorranglilar"ga ehtimoliy o'tishi borasidagi mish-mishlarga javoban aytdi.
"Barselona" hech qachon bizga Kulibali borasida murojaat qilmagan. "Barselona"da qandaydir futbolchini transfer qilish uchun pul bor deb o'ylamayman. Bizni hech qanday almashinuv bitimi qiziqtirmaydi", - deydi de Laurentis.
Eslatib o'tamiz, Kalidu Kulibalining "Napoli" bilan shartnomasi kelasi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar