De Yong "Milan"da qolishi mumkin
14 fev 2015 15:18
Yangiliklar


De Yong "Milan"da qolishi mumkin
"Milan" yarim himoyachisi Nayjel de Yong keyingi mavsumda ham jamoada qolishi mumkin.
Oldinroq gollandiyalik futbolchi klub tomonidan taqdim etilgan yangi shartnomani rad etgan edi, bunga sabab yangi kelishuvdagi maoshni kamaytirilganidir. Yarim himoyachisi yozda "Manchester Yunayted"ga o'tishi taxmin qilinayotgan edi. Ammo "qizil-qoralar" rahbariyati futbolchiga boshqa bitim taklif etish taraddudida.

Fikrlar