"De Grafsxap" Xiddinkni taklif qilmoqchi
02 jan 2014 20:35
Yangiliklar


"De Grafsxap" Xiddinkni taklif qilmoqchi
"Anji" va Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Gus Xiddink Gollandiyaning "De Grafsxap" klubida ish boshlashi mumkin, deb xabar bermoqda Elfvoetbal.nl.
- Murabbiy bilan bog'liq bo'lgan muammoni hal qilishimiz kerak, Xiddink mavsum oxiriga qadar klubimizda ishlashi mumkin. Biroq u oldinroq bu taklifga rozi bo'lmasligini aytgandi. Peter Xeystraning o'rniga kim kelishi hozircha nomalum, - deydi "De Grafsxap" bosh direktori Xenk Blumers.

Fikrlar