De Bryuyne yozda "Siti"dan ketadi, unga bir talay xaridorlar bor

Mirjalol Normatov
29 noya 2024, 22:22
"Manchester Siti" yetakchisi Kevin de Bryuynening faoliyatini davom ettirishi uchun oldida bir qancha variantlari bor.

Belgiyalik futbolchiga hozirga qadar "Manchester Siti" shartnomani uzaytirish taklifi bilan chiqqanicha yo'q. Kevinning o'zi esa MLSdan jamoa qidirmoqda. Shuningdek, xavbekda Saudiya Arabistonidan variantlar bor. Biroq u Osiyo tomon yo'l olishni istamayapti.

"Al Hilol" hozircha futbolchiga taklif bilan chiqmagan, klub ayni damda Muhammad Salohni tarkibiga qo'shib olishni jiddiy reja qilmoqda. Hozircha "Al Nassr", "Al Ahli" hamda "Al Qodisiya" jamoalari Kevinga jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal