De Bryuyne qachon "Napoli" futbolchisiga aylanadi?
31 may 12:01
Yangiliklar


De Bryuyne qachon "Napoli" futbolchisiga aylanadi?
"Napoli" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Insayder Nikolo Skiraning malum qilishicha, tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Shartnoma imzolanishi iyun oyi boshida kutilmoqda.
33 yoshli belgiyalikning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Belgiyalik futbolchi "Siti" safida 422 ta o'yinda maydonga tushib, 108 ta gol urgan va 177 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar