De Bryuyne mashg'ulotlarga qaytdi
10 fev 2021 14:26
Yangiliklar


De Bryuyne mashg'ulotlarga qaytdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jarohatdan so'ng belgiyalik xavbek Kevin de Bryuynening tiklanishi haqida gapirdi.
"De Bryuyne tiklanish jarayonida. U mashg'ulotlarga qaytdi, ammo yakka tartibdagi mashg'ulotlarda shug'ullanmoqda. Uning holati kundan-kunga yaxshilanmoqda", - deydi ispaniyalik murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Kevin 20 yanvar kuni bo'lib o'tgan "Aston Villa"ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi.
Futbolchi joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 10ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar