De Bryuyne "Arsenal"ga qarshi o'ynamaydi
27 avg 2021 13:44
Yangiliklar
De Bryuyne "Arsenal"ga qarshi o'ynamaydi
"Manchester Siti" etakchilaridan biri Kevin de Bryuyne APL 3-turi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi o'yinda harakat qila olmaydi.
Bu haqda Belgiya terma jamoasi ustozi Roberto Martines aytib o'tdi.
"De Bryuyne hali o'ynay olmaydi. "Tottenxem"ga qarshi o'yindan so'ng to'pig'ida og'riq sezdi. Jarohat sabab Kevin "kanonirlar"ga qarshi o'ynamaydi. U optimal formaga kirib olishi uchun to'liq tiklanishi kerak. Hali u 100 foizga tayyor emas", - deydi mutaxassis.
O'yin "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.
Fikrlar