So’nggi yangiliklar

10:07«Барселона» «Ливерпуль» футболчисига 70 миллион евро тўламоқчи  0 09:30Абдулвоҳид Ғуломов: «2025 йилги мавсумда муносиб иштирок этишга ҳар томонлама пухта тайёрланяпмиз»  4 08:48Мармушниннг «Манчестер Сити»даги ойлиги маълум  3 08:14Sofascore. Шомуродов ва унинг жамоадошлари «Женоа»га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:43Фарруҳ Зокиров: «Яратган вазиятларимизни голга айлантира олмадик»  0 02:40А Серия. "Рома" "Женоа"ни мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  12 02:25Бундеслига. "Боруссия" кетма-кет учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:58Расман: Хвича - ПСЖ футболчиси!  5 01:30"Манчестер Юнайтед" тарихидаги энг яхши тўпурарлардан бири вафот этди  0 00:52"Манчестер Юнайтед" ва ПСЖнинг собиқ футболчиси "Бока Хуниорс"га ўтди  0 00:26Абдуқодир Ҳусанов тиббий кўрикдан ўтди  17 00:15Саудия Арабистони. "Ал Насср" яна очко йўқотди  3 23:59Аёллар ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон Австралияга мағлуб бўлган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Янгиланаётган "Пахтакор" ёхуд Педру Морейра йиғаётган португал забон "банда"  8 22:47"Милан"га "Челси" футболчиси керак  0

Davron Qoriev: "Nemislar futbol bilan yashar ekanlar" Yangiliklar

Davron Qoriev: "Nemislar futbol bilan yashar ekanlar"

Teglar :  Davron Qoriev
Germaniyaning "JFL-Schlotheim" akademiyasida tahsil olayotgan o'zbekistonlik Davron Qoriev bilan uyushtirilgan suhbatni etiboringizga havola etamiz.

- Akademiya haqida aytib bersangiz?

- "JFL-Schlotheim" futbol internati Germaniya markaziy qismidagi SHloteym shaharchasida joylashgan. Yon-atrof o'rmon bilan o'ralgan. Bu erlarda qor kam, yomg'ir esa ko'p yog'adi va havo sovuq bo'ladi. SHaharcha kichkina bo'lgani bois, unda bor-yo'g'i 4000 kishi yashaydi, odamlari mehribon. Ko'pchilik bir-birini taniydi. Futbol internatimiz shahar markazida joylashgan bo'lib, unda 100 nafar bola yashashiga imkon bor. SHu bilan birga 3 ta katta tabiiy futbol maydoni, qishki mashg'ulotlar uchun katta va kichik zallar, trenajer zali, hovuz mavjud. Mashg'ulotlardan so'ng ko'pincha hovuzga tushamiz. Mashg'ulotlarning katta qismi tabiiy maydonda o'tadi.

- Bizdagi murabbiylarni ish uslubidan qanday farq qilayapti, umuman hamma farqlar haqida?

- Birinchi navbatda "Paxtakor"dagi birinchi murabbiyim Dmitriy Anga katta rahmat aytmoqchiman. U odamdan futbolning ko'plab sir-asrorlarini o'rgandim. Farq haqida gapiradigan bo'lsam, bu erda texnika, jismoniy holatga alohida-alohida murabbiylar javob beradi. Masalan, bir kun faqat texnikani oshirish uchun shug'ullansak, boshqa kuni jismoniy holatni yaxshilash uchun ishlaymiz, bosh murabbiyimiz esa biz bilan haftada 3 marta mashg'ulot o'tkazadi. Bizda esa bir murabbiy deyarli barcha mashg'ulotlarni o'tkazadi. Bu erda aksincha. Mashg'ulotlar ham qiziq, professionalizm sezilib turadi. Yana bir narsani alohida takidlab o'tish kerak, biz bir oilaga o'xshaymiz. Murabbiylar bolalar bilan do'stona munosabatda bo'lishadi. Muammolarda yordam berishadi, tatil paytida murabbiylar bilan yaqin atrofdagi shaharlarga sayoxat qilamiz. Istiroxat bog'i, hayvonot bog'i, muzeylarga boramiz. Yaqinda Dortmund shahriga sayoxat qildik, shahar aylandik va Germaniya Kubogi doirasidan o'rin olgan "Borussiya" - "Gerta" uchrashuvini tomosha qildik. Qisqa qilib aytadigan bo'lsam - mazza!


- Til borasida muammo bo'lmayaptimi?

- Til bilan muammo yo'q. Toshkentda Germaniyaga ketishim aniq bo'lganidan so'ng, nemis tilini o'rgana boshladim. Ota-onamga katta rahmat aytaman, ular meni qo'llab-quvvatlashdi. Akademiyadagi bolalar, o'qituvchilar yordam berishyapti. Barcha darslar nemis tilida o'tiladi. Hozir ko'p fanlardan yaxshi baholar olyapman.

- Sizdan tashqari qaysi davlatlardan bolalar bor?

- Akademiyamizda turli davlat vakillari talim oladi. Bu erda AQSH, Meksika, Kanada, Togo, Turkiya, Janubiy Koreya, Tailand fuqarolari bor. O'zbekistondan faqat men.

- U erdagi musobaqa va turnirlar haqida gapirib bersangiz?

- Bu erda turli musobaqalar bo'ladi, so'nggi turnir bizning shaharchada bo'ldi. Unda 10dan ortiq jamoa ishtirok etdi. Turnirda 3-o'rinni egalladik. Hozir qish bo'lgani tufayli regional chempionatimiz boshlangani yo'q. Tayyorgarlik avjida. 3 kun oldin Myulxauzen shahriga borib, nazorat uchrashuvi o'tkazdik va 2000 yilda tavallud topgan bolalardan tashkil topgan jamoani 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdik. Bu erda deyarli hamma jamoa kuchli bo'lgani tufayli, o'yinlar qiziq o'tadi.


- Germaniya futbolidagi AURA haqida...

- Germaniyada hamma futbol bilan yashar ekan. Futbol deyarli barchaning sevimli sport turi. Ayollar ham futbol uchrashuvlarini stadiondan tomosha qilishadi. "Bavariya", "Borussiya" stadionlariga sayoxat qildim. U erdagi atmosferani so'z bilan tasvirlab bera olmayman. Buni ko'rish va his qilish kerak. Ular futbolni bayramdek o'tkazishadi. Xatto, bizning o'yinlarimizga ota-onalardan tashqari ko'plab futbol muxlislari tashrif buyurishadi. Nemislar futbol bilan yashashar ekan!


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика