So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  6 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  11 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  1 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  1 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  12 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  15 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Davron Fayziev: "Yomon o'ynab g'alabaga erishdik. Qaysi stadionda o'ynashimiz nomalum yoxud "bo'ridan qo'rqqan o'rmonga bormaydi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Yomon o'ynab g'alabaga erishdik. Qaysi stadionda o'ynashimiz nomalum yoxud "bo'ridan qo'rqqan o'rmonga bormaydi"

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Buxoro" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalo gapimni "Oq-tepa" va "SHo'rtan" klublariga minnatdorchilik bildirishdan boshlamoqchiman. Sababi dastlabki ikki turda bu klublar bizni juda yaxshi kutib olishdi va ajoyib sharoitlar yaratib berishdi. O'tgan turdan keyin matbuot anjumani bo'lmagani uchun "Oq-tepa"ga rahmat ayta olmagandim.

O'yinga keladigan bo'lsa qisqa qilib aytganda. Yomon o'ynadik va natijaga erishdik. Asror Aliqulov boshchiligidagi g'uzorliklar yosh jamoa yaxshi shakllangani ekanligini ko'rib turibmiz. Bugungi o'yindan qattiq xavfsiragandim. Sababi "SHo'rtan"dagi futbolchilar birga katta bo'lishmoqda va ishtiyoq juda kuchli. Ular shunchaki jismoniy jihatdan kuchayishsa barchasi yaxshi bo'ladi. Bu futbol, kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. To'g'ri bizda tajribali futbolchilar ko'proq, oldimizda katta masuliyat bor. G'alaba bilan Buxoro xalqini, klub rahbariyati, futbolchilar va muxlislarni tabriklayman.

Jamoam azolari oson g'alabani qo'lga kiritamiz deb o'ylagandi. Ammo futbolni barcha o'ynashni o'rganib olgan. Bunday harakat bilan keyingi o'yinlarda natijaga erishish oson bo'lmaydi. Hozirgi kunda maydonda yurib hech qaysi jamoani yutib bo'lmaydi.

To'g'ri jamoam o'yinidan qoniqish hosil qilmadi. Ko'rsatmalarimni 100 foiz bajarishmadi deya olmayman. "SHo'rtan"dagi imkoniyatlar o'zimizning oddiy xatolarimiz tufayli sodir bo'ldi. Keyingi bahslarga jiddiy tayyorlanish kerakligini takrorlayman.

"Buxoro" 3-turni ham safarda o'ynaydi. Ketma-ket safarda o'ynash istalgan jamoaga va murabbiyga og'ir bo'ladi.

"Buxoro" oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Tan olaman jamoamiz oldingi yildagi futbolchilardan qarzdorligi bor, yo'q desam yolg'on gapirgan bo'laman. Bu qarzlar sekin-asta to'lanmoqda. Ammo uy o'yinlarimizni qaysi stadionda o'tkazishimiz meni o'ylantirmoqda. Qaysi shaharda bo'lishini ham bilmaymiz.

Pro liga musobaqasi Superliga kabi qiziqarli o'tmoqda. O'yinlar TV orqali namoyish etilmoqda. Bu tomonlama o'sish juda katta. O'FA va PFLga rahmat aytaman.

G'ijduvon, Muborak yoki Navoiy stadionlarida o'ynash variantlari bor. Hozircha qaerda o'ynashimiz nomalum.

"Bo'ridan qo'rqqan o'rmonga bormaydi" deyishadiku. Agar foiz masalasida so'rasangiz bunday tarkib bilan har qanday vazifani bajarishi mumkin. Tarkib jihatdan olib qarasak 80 foiz Superligaga chiqa olamiz deb ayta olaman. Ammo barchasi maydonda hal bo'ladi. O'yin o'yinga to'g'ri kelmaydi. Agar barchasini oldindan bilganimda bu erda o'tirmagan bo'lardim", - deydi Davron Fayziev championat.asia saytiga.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика