So’nggi yangiliklar

11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  1 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  2 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  15 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0

Davron Fayziev: Yangilangan Dinamodan umidim katta Yangiliklar

Davron Fayziev: Yangilangan Dinamodan umidim katta

Dinamo - SHerdor (3:0) uchrashuvidan keyin Dinamo bosh murabbiyi Davron Fayziev jamoaning transferlari, CHimyonda o'tkazgan yig'ini va yangi mavsumga tayyorgarlik ishlari borasida klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Davron aka, davralar oralig'ida jamoa tarkibida qator o'zgarishlar qilindi. Aytingchi, transfer ishlaridan qoniqdingizmi?

- Bilasizmi, hech bir murabbiy yangi transferlardan to'liq qoniqdim deya olmasa kerak. Biz rejamizga ko'ra, 10 nafar yangi futbolchi bilan tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgandik va imkon darajasida chiziqlarimizni kuchaytira oladigan, jamoamizga foydasi tegadigan futbolchilarni taklif etdik. To'g'ri, men ko'z ostimga olib qo'ygan, “Dinamo”ga taklif etmoqchi bo'lgan yana boshqa futbolchilar ham bor edi, ammo ular bilan og'zaki kelishuvga erishib, nasib qilsa mavsum yakunidan keyin o'z tarkibimizga jalb etishimiz mumkin. Tarkibimizga qo'shilgan yangi futbolchilarning barchasini deyarli tanishtirib o'tirish shartmas, ularning aksari Superliga klublarida to'p surib, muxlislarga tanilgan futbolchilardir. Yangilangan “Dinamo”dan umidim katta. 10 nafar yangi futbolchining kelishi tarkib qariyb 40 foizga yangilandi deganidir. Umid qilamanki, natijamiz ham tez orada yaxshilanadi. Buning uchun har qanday o'yinda raqibni hurmat qilib, maydonga tushsak o'zimiz kutgan natijaga erishamiz.

- “Dinamo” 10 kun davomida CHimyonda yig'in o'tkazdi. Tayyorgarlik ishlari barchasi reja asosida o'tmoqdami?


- Albatta, belgilangan reja asosida o'tkazayapmiz. 9-20 iyul kunlari CHimyon tog'li hududida yigitlarning jismoniy holatini tiklash uchun ishlar olib bordik. 23 iyuldan esa Samarqanddagi qarorgohimizda yig'ilib, tibbiy ko'rikdan o'tdik. Xudoga shukurki, futbolchilar salomatligi borasida hech qanday muammo ko'zga tashlanmadi.

- «SHerdor»ga qarshi o'yin borasidagi fikrlaringiz?


- Bugun “SHerdor” jamoasiga qarshi dastlabki nazorat o'yinini o'tkazdik. Bu muhim edi. Sababi, Pro-Liga 2-davrasi yakunidan 1 oy o'tib, jamoa endi to'laqonli to'p bilan ishlashni boshladi va nazorat o'yinini o'tkazdi. O'yin borasida to'xtaladigan bo'lsam, nazorat uchrashuvida imkonqadar barcha futbolchilarni maydonga tushirishga harakat qildik. Yigitlar kuchli ishtiyoq bilan o'zlarini ko'rsatishga, berilgan ko'rsatmalarni bajarishga intilishmoqda. «SHerdor» jamoasi ham menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Davralar oralig'ida qo'shilgan yangi futbolchilardan Otabek Narzullaev, Dilmurod Karimov, Sanjar Barotovlar bugun maydonga tushishdi. SHerzod Jalilov va Avaz Agalievlar esa Toshkentdagi yig'inda safimizda bo'lishadi. Darvoqe, fursatdan foydalanib 22 iyul kuni yangi hayotga qadam qo'ygan, nigoh to'yini o'tkazib, oila qurgan Avaz Agalievni o'zim va “Dinamo” jamoasi nomidan tabriklab qolaman.


- O'yin va tarkib borasida sizni ko'proq nima tashvishga solmoqda?


- Bu masalalarda qaysidir jihat meni juda qiynamoqda deya olmasamda, o'yin davomida qanotlarimizni faollashtirishimiz kerak. Qanotdan qancha ko'p to'p etkazilsa, natija ham shunga yarasha bo'ladi. SHu bois, qanotlardan ko'proq foydalanish ustida ishlaymiz. SHuningdek, standart vaziyatlari borasida ham ko'proq ishlashimiz talab etiladi.

- Yangi futbolchilar bilan yarim yillik emas, 1,5 yillik shartnomalar imzolanayotgani etiborli. Bu ularga ham qanaqadir ishtiyoq beradimi?


- Buning asosiy sababi jamoa yarim yil yoki bir yil uchun tuzilmasligi kerak. «Dinamo»da qanday natijaga erishishimdan qatiy nazar, men bu erga yarim yoki bir yil ishlash uchun emas, ushbu jamoada o'z nomimni qoldirish, mabodo klubdan ketgan taqdirimda ham klub kelajagini o'ylab, "mendan keyin keladigan murabbiyga jamoa o'zagi saqlab qolinishi kerak”, manoda qilingan ish. Man ketmoqchiman demoqchi emasman, shunchaki may oyida men klubni shunday holatda qabul qilgandim, buni boshimdan o'tkazganim uchun vaziyatni yaxshilab, kelajakni o'ylab 1,5 yillik shartnomalar imzolayapmiz. Yana bir sababi, yangi mavsum oldidan boshqatdan yangi futbolchilar izlab, jamoa asosini yaratish uchun sarson bo'lmaslik uchun ham. Jamoaning hozirgi qo'ygan maqsadi uchun ham futbolchilar bilan uzoqroq muddatli shartnomalar zarur. Aytmoqchimanki, bugun bog'da ekilgan daraxtlar ertaga meva berishi lozim.

- Jamoaning Toshkendagi yig'ini haqida malumot bersangiz...


- 25 iyul kunidan Toshkentda to'planamiz. U erda 3 ta nazorat o'yini – “SHo'rtan”, “Lokomotiv-BFK” va “Nurafshon” klublariga qarshi bahslar belgilangan. 30 iyul kuni PFL test-sinovlarini topshiramiz. SHu bilan 5 avgust kungi “Norin”ga qarshi dastlabki bahsga yo'l olamiz.

- Raqobatchi klublar selekciya ishlarini ham kuzatib borayapsizmi?


- Raqiblar ham o'zimiz singari katta tayyorgarlik ko'rishmoqda. Aytaylik, “Norin” jamoasi biz singari CHimyonda tayyorgarlik ko'rdi. Bu jamoa menda yaxshi taassurot qoldirdi. Umuman olganda, “A” guruhidagi 8 raqib jamoaning barchasi katta tayyorgarlik ko'rmoqda. “Andijon”, “Surxon”, “Istiqlol”, “Norin” tarkiblarini kuchaytirishdi, “Mashal”, “Xorazm” jamoalari ham jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. Mavsumning qolgan qismida hech bir jamoaga oson bo'lmaydi. “Dinamo” ham maqsad sari oxirigacha kurashishda davom etadi.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика