So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  0 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  2 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  5 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  10 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  2 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  18 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

Davron Fayziev: "Taslim bo'lish yo'q. “Dinamo” nomi va Samarqand shani uchun kurashamiz" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Taslim bo'lish yo'q. “Dinamo” nomi va Samarqand shani uchun kurashamiz"

"Dinamo" – "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- G'alaba qozongan bo'lsak-da, hech bir murabbiy o'yinimizdan qoniqdim deyolmaydi. Ammo bugungi bahsda “Dinamo” g'alabaga ko'proq haqli edi. O'yin jangovar va tomoshabop o'tdi. “Metallurg”ni yaxshi o'rgangan edik, tajribali ijrochilarga ega, tarkib borasida ancha nomdor futbolchilari bor. Uchta tur o'tdi, o'ylaymanki biz tayyorgarlik bobida to'g'ri yo'ldan ketayapmiz. Hali chempionat uzoq davom etadi, bitta g'alaba bilan bo'shashlikka haqqimiz yo'q. Bizga ishongan va qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat.

- Jamoa sardori Akmal Xolmurdov jarohati sabab almashtirildi. Uning holati, jarohati qay darajada?


- O'yinda yakkakurashlar ko'p bo'lgani uchun futbolchilar jarohat orttirishdi. Ko'rdingiz, xuddi shunday vaziyatda Ixtiyor Toshpo'latov ham jarohatlangandi, ammo o'yinni davom ettira olishini aytdi. Akmal Xolmurodov jarohati esa unga o'yinni davom ettirishga to'sqinlik qildi, shu bois jamoa foydasi uchun zaxiraga olinishini so'radi. Bu majburiy o'zgarish edi. Sardorimizning jarohati qay daraja ekanligi shifokorlarning tashxisidan so'ng ertaga malum bo'ladi.

- Keyingi turda “Dinamo” yana o'z uyida sobiq jamoangiz “So'g'diyona”ga qarshi to'p suradi...


- CHindanam oldinda og'ir o'yinlar kutib turibdi. “Dinamo” va “So'g'diyona” o'yinini kichik derbi desa ham bo'ladi. Biz bugungi o'yinni tezroq unutib, “So'g'diyona”ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz.



- “Dinamo” hujumlarni yakunlashda samarali o'ynay olmayapti. Yani ijrochilar ko'rinmayotgandek. Bu borada keyingi o'yinlarda o'zgarish qila olasizmi?


- Bu borada har bir mashg'ulotda alohida ishlayapmiz. Hozir qo'l ostimda bitta oilaga aylangan jamoa bor. “Dinamo” faqatgina butun jamoaning qora mehnati evaziga g'alaba qozona oldi va oladi. Aytmoqchimanki, masalan “Dinamo”da “Metallurg” jamoasi safidagidek bir o'zi o'yinni hal qila oladigan alohida ijrochilar yo'q. Misol uchun men ham “Dinamo”da oddiy vaziyatlardan ham o'yin taqdirini hal qila oladigan Server Jeparov singari nomdor futbolchilar bo'lishini istayman. “Dinamo”da shijoat, tezlik va ishtiyoq kuchli, ammo qaerdadir sovuqqonlik va tajriba etishmayapti. O'shanda ham aytgandim, biz yangi mavsum uchun Pro-Ligaga tayyorgarlik ko'rgandik, 10 kun ichida esa Superliga moslashimiz kerak edi, bu ham o'z tasirini o'tkazadi. SHunga qaramay, oldin ham aytganman, hozir ham aytaman “Dinamo” har qanday holatda ham oxirigacha kurash olib boradi. Taslim bo'lish yo'q. “Dinamo” nomi va Samarqand shani uchun kurashamiz. Tarkibda hech bir futbolchimning nomi emas, jamoaning shani har narsadan ustun turadi.

- Bugungi g'alaba goli muallifi Mirkomil Lokaev o'tgan mavsum Otabek Narzullaev kelgach, zaxirada qolgandi. O'yinda tushganda ham unga ko'p ko'rsatma berardingiz. Bugungi goli bu mavsum yana asosiy tarkibga kirgan Lokaevga o'ziga bo'lgan ishonchni orttirish mumkinmi?

- Menda shunday xarakter bor, agar futbolchi menga kerak bo'lsa, xato qilganida baqiraman, tushuntiraman. Mirkomilning kelajagi bor. Lokaevda shijoat bor, ammo qanot himoyachisi uchun yakuniy pasni etkazib berish, muhim pallada yakuniy zarbani bera olishda xatosi ko'p. Mirkomil mana shu borada ko'proq ishlasa yanada o'sadi. Narzullaevning ustunligi esa tajribasi bor, boshlagan hujumini oxirigacha etkaza oladi. Mirkomil esa katta hajmdagi ishni qilib, oxirgi zarbani maromiga etkazishda kamchilikka yo'l qo'yadi. Bugun ham gol urishidan avval qanotdan Safarov etkazgan to'pni golga aylantirish kerak edi, ammo sovuqqonlik etishmadi. O'ylaymanki, Lokaev o'sishda davom etadi.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика