Davron Fayziev: "SHo'rtan" bizni jazoladi"
07 may 2016 20:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/200634_original.jpg)
![](/upload/storage/200634_220.jpg)
Davron Fayziev: "SHo'rtan" bizni jazoladi"
"SHo'rtan" - "So'g'diyona" (4:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Uchrashuv juda qiziqarli kechdi. Goh raqib, goh biz tashabbusga ega bo'ldi. Gollarga boy bo'ldi. "SHo'rtan" jamoasining turnir jadvalidagi egallab turgan o'rni o'ziga mos emasligi isbotlandi. O'yindan oldin xotirjamlikka berilmaslikni va raqibni mensimaslik holati kuzatilmasligini talab qildim. Lekin baribir futbolchilarning hayolida oson yutamiz degan fikr bo'ldi. Raqib buning uchun bizni juda yaxshi jazoladi. Mag'lubiyatni mardlarcha qabul qilish kerak. Futbolchilarda bu fikrni yo'qota olmaganim bu mening aybim, shu bois mag'lubiyatda men aybdorman. Ishlashda davom etamiz. Oldimizda bundanda qiyin va bundanda og'ir bahslar kutib turibdi", - deydi Davron Fayziev.
"So'g'diyona" matbuot xizmati
"So'g'diyona" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar