So’nggi yangiliklar

00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  1 00:00АПЛ. "Арсенал" — "Челси" (онлайн ҳисоб)  6 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  149 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  25 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  16 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  4 20:07Асрор Алиқулов: "Олимпиада йўлланмасини қўлга кирита оладиган таркибимиз бор"  2 19:59"Милан" Жиру ўрнига кимни олиб келади?  2 19:40Ўзбекистон U-23 терма жамоаси "Халифа" стадионида!  13 19:22Рауль "Реал"ни тарк этишга тайёр  4

Davron Fayziev: "Qo'qon-1912"ni salkam 90 foiz futbolchi tark etdi..." Yangiliklar

Davron Fayziev: "Qo'qon-1912"ni salkam 90 foiz futbolchi tark etdi..."

Qo'qon-1912 jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev tayyorgarliklar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- «Qo'qon-1912» turnirni kutilmagan mag'lubiyat bilan boshladi, keyinchalik o'zini tiklab oldi, bu haqda nima deya olasiz?

- Raqibni hurmat qilgan xolda aytishim mumkinki, «Andijon-SGS»ga qarshi dastlabki bahsda shogirdlarim raqibni biroz mensimagan holda o'yin namoyish etishdi. Buning evaziga jazolandik. Bu masalan jamoaviy bilan yaxshilab muhokama qildik. Keyingi o'yinlarda esa ular ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Oldimizga qo'ygan dastlabki maqsadimizga erishdik — guruh bosqichidan chiqdik. Kelgusi bosqichdagi raqibimizni bugungi o'yindan keyin bilib olamiz. Vazifamiz finalga qadar etib borish hisoblanadi.

- Jamoaning umumiy tayyorgarligi haqida nima deya olasiz? «Qo'qon-1912» Pro ligaga tushib ketgach, asosiy etakchilari jamoani tark etdi. Yangi mavsumda qanday jamoa shakllanmoqda?

- Hozirgi holatimizni bilib turibmiz. Jamoaning salkam 90 foiz futbolchi tark etdi. Yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazyapmiz. Hozirda safimizda kelgan futbolchilar yaxshi harakat qilishmoqda. Albatta, ularning barchasi bilan shartnoma imzolay olmaymiz. Bu borada turnir so'ngida bir qarorga kelamiz. SHu bois, jamoaga kelgan yangi futbolchilarga klub oldiga qo'ygan vazifalarni tushuntiryapmiz. Hozircha 10-11 nafar futbolchini ko'z ostimga olib qo'yganmiz. Qolaversa, mahalliy yoshlarga etibor qaratishni maqsad qilganmiz. Ularni ham jamoaga jalb qilganmiz. O'ylaymanki, bu yoshlarning kelajagi porloq, faqatgina ularga etibor qaratish va ishonch bildirish kerak. SHu bilan birga, Superligada ishtirok etgan bir qator futbolchilar bilan muzokaralar o'tkazyapmiz. Natija qanday bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Agar hammasi ijobiy yakunlansa, ularni turnirdan keyin Toshkentdagi yig'inda ko'ramiz.




- Selekciya ishlari turnir boshlangunga qadar davom etadimi?


- Oldimizda kam vaqt qolgan. Iloji boricha, selekciya jarayonida xato qilmaslikka harakat qilamiz. Klub ishonchini oqlaydigan futbolchilarni qabul qilishga tayyormiz. 15 fevral kuni transfer oynasi yopiladi. Buni tushunib turibmiz. Ushbu muddat so'ngigacha barcha transferlarimizni amalga oshirishga harakat qilamiz.

Turnir yaxshi o'tyapti. Biroq maydon holati chiroyli futbol ko'rsatishga xalaqit bermoqda. Mening nazarimda, turnir saviyasi avvalgi yillarga nisbatan biroz pasaygandek tuyulmoqda. Kelgusi yillardagi turnirlarda har bir jamoa asosiy tarkibi bilan ishtirok etsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Ushbu musobaqa ham qaysidir murabbiylar uchun foydali sanaladi. Agarda sifatli maydonlar tashkil etilganda, boshqa jamoalar ham turnirda ishtirok etgan bo'lardi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика