So’nggi yangiliklar

08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  47 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  14 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  65 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  23 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  8 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  3 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  4 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  1 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  1 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  67 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  2 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3

Davron Fayziev: "O'yin so'nggidagi xato tufayli gol o'tkazib yubordik" Yangiliklar

Davron Fayziev: "O'yin so'nggidagi xato tufayli gol o'tkazib yubordik"

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Davron Fayziev "Metallurg"ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalambor barchani futbol bayrami boshlangani bilan tabriklayman. O'yin asabiy tarzda o'tdi. Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Omad kuchlilarga kulib boqadi degan gap bor. Bugun aynan raqibning omadi keldi deb o'ylayman.

O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Bekobodliklarni yaxshi shakllangan jamoa ekanligini barcha biladi. 10 kishi bo'lib qolganimizga qaramasdan, ochiq futbol namoyish etdik. Hisobni tenglashtirishga ham muvaffaq bo'ldik. Lekin, o'yin so'nggidagi xato tufayli gol o'tkazib yubordik. Raqibni birinchi g'alabasi bilan tabriklayman.

Futbol shunisi bilan qiziq. SHuni ham takidlab o'tishni istardimki, hakamlar biroz etiborliroq bo'lishganida bir kishi kam bo'lib qolmasdik. U vaziyatda qo'pol o'yin sodir etilmagandi. Bu bahona emas. Bo'lar ish bo'ldi. Oldimizda qiyin o'yinlar kutib turibdi. Tayyorlanishda davom etamiz, o'z maydonimizdagi keyingi o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

O'tgan yilgi bilan solishtirganda klub rahbariyati, viloyat hokimligi jamoa uchun sharoitlarni yaratib bermoqda.

Yangi futbolchilar? Qishgi yig'inlarda o'zlarini yaxshi ko'rsatishdi. Faqat, jamoaga tezroq moslashib ketishsa yaxshi bo'lardi. Albatta, o'rtoqlik o'yini hamda rasmiy o'yinni farqi bor. O'ylaymanki, yigitlar hali o'z o'yinlarini ko'rsata oladilar. Jiyamurodov esa universal futbolchi hisoblanadi.

Tavakkal qilishimizga to'g'ri keldi. 1:0 dan so'ng oldinga bordik. Yoki durang yoki ikkinchi golni o'tkazib yuborishimiz mumkin edi. Lekin, o'yin so'nggidagi yosh bolalarcha xato bizga qimmatga tushdi", - deya o'z fikrlariga yakun yasadi "So'g'diyona" murabbiyi Davron Fayziev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика