So’nggi yangiliklar

17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  0 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  1 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  1 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  2 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  10 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1

Davron Fayziev: "Obod"ga havasim keldi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Obod"ga havasim keldi"

Oliy liganing 10-tur doirasidagi "Obod" - "So'g'diyona" (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumaning dastlabki qismida jizzaxliklar bosh murabbiyi Davron Fayziev qatnashdi.


- "Obod" jamoasiga havasim keldi. Ularning yosh futbolchilari ko'rsatgan o'yiniga havas qildim. Mag'lubiyatni haqqoniy ekanligini qabul qilib olish ham mardni ishi.  Futbolni yurib emas, yugurib o'ynaladi. SHundagina g'alabaga erishish mumkin. "Obod" birinchi golni haqqoniy urdi. SHunchaki qanot hakamining avvaliga bayroqchasini ko'tarib qo'ygani futbolchilarni chalg'itdi. Lekin bu vaziyatda futbolchilarim oxirigacha kurashishlari kerak edi. Timur Hakimovni maydonga tushirganim bu meni aybim. CHunki Timur jarohatidan to'liq forig' bo'lganiga ishonmagandim. Bugun ham tekis joyda oyog'ini qayirib oldi. Futbolni qog'ozdagi nomlar bilan o'ynab bo'lmaydi. Bugun jamoamiz raqibga nisbatan hurmatsiz harakat qildi va "Obod"ni mensimadi. "So'g'diyona"ga xarakter va ishtiyoq etishmadi. Sanjar Rashidovning o'yinidan qoniqdim, ammo Muzaffarovning ko'rsatgan futboli talabga javob bermadi. CHunki Muzaffar ikkinchi bellashuvdirki o'z darajasidan past o'ynamoqda.

- Uchrashuv qaydnomasida bosh murabbiy, yani siz, darvozabonlar murabbiyi va bosh shifokordan boshqa hech kim qayd etilmagandi. Qolganlar qani?

- Bu savolni qachonlardir berishlarini kutgandim. To'g'risi, hozirda bazi futbolchilardan qarzdorligimiz bor va PFL shuning uchun jamoa mamuri, yordamchi murabbiylarni licenziyasini olib qo'ygan. Qachonki qarzdorlikni yopsak, shundagina licenziyalarni qaytarib berishadi. Qonun va qoida barcha joyda bir xil. Ularning ko'magi menga o'yin paytida albatta etishmayapti.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика