So’nggi yangiliklar

18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон". Таркиблар маълум  4 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  4 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  11 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  14 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7

Davron Fayziev: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik"

Oliy liganing 17-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumani birinchi qismida mehmonlar ustozi Davron Fayziev ishtirok etdi.


- Barchani Mustaqillik bayramimiz bilan tabriklayman. Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin. Bugun jamoamiz o'yin boshlanishi bilan bekorga kelmaganini isbotladi. Vazifamiz "Bunyodkor"ga qarshi jangovor o'yin ko'rsatish edi. "Bunyodkor" jamoasi bilan o'ynash mumkinligini shogirdlarimga takidlab o'tgandim. Faqatgina to'g'ri harakat, yuqori xushyorlikni saqlagan holda tartibli o'yin ko'rsatish lozim edi. Himoyada juda etiborli bo'lishni ko'rsatmalar davomida alohida takidlab o'tgandim. Bugun yomon harakat qilmadik, faqatgina futboldagi mashhur: "sen urmasang, senga gol urishadi" naqli amalda yana bir bor o'z tasdig'ini topdi.

Birinchi davrada bo'lgani kabi bugun biz mag'lubiyatga loyiq emasdik.

Bugun ham jamoamizda gol urish uchun imkoniyatlar bo'lgandi. Lekin hujumni samarali yakunlaydigan, foydali ish koefficienti yuqori bo'lgan forvardlarni topish qiyin. Bizga ham shunday futbolchi, xususan hujumchi etishmayapti. Bu narsa bizga bugun yana bir bor pand berdi. O'yin menda yaxshi taassurot qoldirdi. Lekin yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalana olmaslik davom etmoqda.

Hujumchi muammosi faqat bizda emas, barcha jamoalarda bor. Bugungi g'alaba bilan "Bunyodkor" jamoasi muborakbod etaman.
O'yin uchun esa yigitlarimizda rahmat aytdim.
Bugungi bahs barchaga yoqdi, yaxshi taassurot qoldirdi, deb o'ylayman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика