So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

Davron Fayziev: "Imkoniyat bo'lganida "Real" jamoasida tajribamni oshirgan bo'lardim" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Imkoniyat bo'lganida "Real" jamoasida tajribamni oshirgan bo'lardim"

"Oq-tepa" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Davron Fayziev ishtirok etdi.

"O'yindan oldin uchrashuv finalga tenglashtirilgandi. "Buxoro"ga qarshi o'yindan so'ng ruhiy jihatdan yigitlarda pasayish bo'lgandi. Ammo bugun muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi deya olaman. Bitta uchrashuvga birinchi liga vakili ham, boshqa jamoa ham tayyorlana oladi. O'yin oson bo'lgani yo'q. O'z imkoniyatlarimizdan foydalana olganimizda birinchi bo'limning o'zida barchasini hal qilib qo'yardik. Maqsadimiz oliy ligada qolish edi. Endi bemalol tatilga chiqsak ham bo'ladi", - deydi Fayziev.

"Doim "So'g'diyona"da ishlab oliy ligada qolish uchun harakat qilaveraman? Men jizzaxlikman, kuchliroq jamoani boshqarish uchun hali anchagina tajriba va kuchga to'lishim kerak. Hali mahorat bobida kuchli jamoalarda ishlashga tajribam kam. Keyingi yil yaxshi jamoa shakllantirib yaxshi o'rinlarga kurashadi deb umid qilaman. Ko'p uchrashuvlarda o'yinimiz zo'r chiqardi, ammo natija salbiy bo'lardi".

Bu yil oliy liga o'yinlarini uchta stadionda o'tkazdik. Keyingi yil faqat Jizzaxda o'ynaymiz, bu ham bizga qo'shimcha yordam bo'lishi aniq. Ammo jamoani shunday tayyorlash kerakki, futbolchi o'z maydonidami yoki safardami bir xil o'ynashi kerak.

O'zbekistonlik yosh murabbiylarni chet elda o'qitishga qanday qarayman? Albatta ijobiy qarayman. Mavsum tugagach xorijdan kuchli mutaxassisni chaqirib seminarlar tashkil etilsa yaxshi bo'lardi. Bu albatta mening taklifim. Tanlash imkoniyati bo'lganida Pellegrini davridagi "Real" jamoasida tajribamni oshirgan bo'lardim. El Klassikoni stadiondan tomosha qilish orzularimdan biri", - deydi Fayziev. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика