So’nggi yangiliklar

21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  4 21:02Миллар лигаси. Дания, Сербия, Словакия ва Озарбайжон жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:00Футзал. Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон — Бразилия 2:3 (матнли трансляция)  7 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  1 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0 19:05Футзал. Янги Зеландия терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 18:38"Ал Ҳилол" форварди Неймар қачон сафга қайтади?  4 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун Бишкекка етиб борди  12 18:01"Ливерпуль" ван Дейкнинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 17:28"Арсенал" ўз футболчиси учун "Реал"дан қанча пул сўраётгани маълум  4 16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  0 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 16:01Маттейс де Лигт: "МЮга ўтганимдан хурсандман. АПЛ мухлислари Бундеслиганикидан кўпроқ"  5 15:29"Ювентус" вингери Туркияга йўл олиши мумкин  0 14:28"Бавария" Нойер" бўйича қарор қабул қилди  5

Davron Fayziev: "Futbol shaxmat yoki shashka emas" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Futbol shaxmat yoki shashka emas"

Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Buxoro" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

Avvalambor butun O'zbekiston xalqini kirib kelayotgan Ramazon oyi bilan tabriklayman. Barchalariga sabr-toqat, xotirjamlik va yaxshilik tilayman. O'yin haqida aytadigan bo'lsam, avvalo "Yangier" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'z jamoamiz tomonidan yo'l qo'yilgan xatolarni to'g'rilashga harakat qilamiz. Bugungi mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqaramiz degan umiddaman. Bugun jamoa 4-tur mehmonda o'ynayapti. Jamoamizga ancha qiyin bo'lgan vaziyat. Nasib bo'lsa 5-turni uyda o'tkazamiz. O'yin qiziqarli kechdi. Uchrashuv taqdirini bir gol hal qilishi mumkinligini o'yindan oldin yigitlarga aytgandim.

Qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ham "Yangier" bilan to'qnash kelganmiz. O'shanda jamoa bizda yomon taassurot qoldirmagandi. "Yangier"ning "Neftchi" bilan o'yindagi yirik mag'lubiyati tasodif ekanligini yigitlarga video tahllillar davomida ko'rsatgandim. Bugun yigitlar o'yin oxiriga qadar kurashishdi, harakat qilishdi. O'yin borasida yigitlarga etirozim yo'q. Jamoa g'alaba qozonsa bu hammaniki, yutqazganda bu murabbiyning aybi bo'ladi. O'yinda yo'l qo'yilgan bir qo'pol xato evaziga gol o'tkazib yubordik. Bundan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak. Hisobni tenglashtirishimiz yoki yutib ketishimiz ham mumkin edi. Agar "Yangier" qarshi hujumlarda faollik ko'rsatganda balki 2:0 yoki 3:0 ham yutqazishimiz mumkindek ko'rindi. O'yinda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. SHu sababli to'g'ri xulosa chiqaramiz degan umiddaman.

- Navbatdagi turda "Istiqlol" jamoasini o'z maydoninglarda qabul qilishlaring mumkin. SHu o'yin oldidan nimalarni aytgan bo'lardingiz?


- Biz mana 4-turda ham mehmonda o'yin o'tkazayapmiz. Muxlislarimiz futbol uchrashuvlarini sog'inganliklarini his qilib turibmiz. Buxorolik muxlislar har doim bizni qo'llab-quvvatlab kelishgan. Bugungi o'yin kabi 15-aprel kuni stadionimizni to'ldirib bizni qo'llab-quvvatlab turishsa, hammasi yaxshi bo'ladi deb o'ylayman.

- Birinchi bo'limda jamoangiz himoyachilari raqibga nisbatan agressiv harakat qilgandek bo'lishdi...


- O'yin tempida bunday vaziyatlar bo'ladi. Futbol shaxmat yoki shashka emas. Bu sport turini o'tirib yoki o'ylab turib o'ynab bo'lmaydi. Basketbol, hokkey, futbol kabi jamoviy o'yinlar kurashlarga boy tarzda o'tadi. Faqat biz emas, raqib ham bizga nisbatan agressiv o'ynadi. Ikki jamoa ham kurashuvchan uslubda o'yin ko'rsatdi. SHu sababli bugungi o'yin qiziqarli ruhda kechdi deb aytish mumkin. Hakam o'yin davomida hushtakni ozgina ko'proq chaldi deb hisoblamasa, hammasi joyida o'tdi.

- O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Bir vaziyatda jamoangiz feyr-pleyga amal qilmagandek ko'rindi. Buni qanday izohlaysiz?


- Bu jarayonga munosabatim, biz albatta to'pni raqibga qaytarib berdik. O'sha vaziyatda hech kim bilan tortishib qolganim yo'q. SHunchaki muxlislar vaziyatga o'z fikrlarini bildirishdi. To'p o'yinga kiritildi, himoyachi qaytardi. Biz tabiiy xolda hujumga o'tdik. Raqib to'pga teginganidan so'ng o'yin jarayoni yangidan boshlanadi.

- Bugungi bahs televidenie orqali namoyish etildi. Pro-ligada ham VAR tizimini joriy qilinishiga munosabatingiz qanday?


- Albatta Pro-ligada ham VAR tizimi bo'lsa yaxshi bo'lardi. VAR har bir vaziyatni ko'rib chiqishi emas, masalan gol bo'lganda etiborini qaratsa yaxshiroq bo'lardi. Qolgan vaziyatlarda qarshiman, har bir epizod bu tizim orqali ko'rib chiqaverilishi to'g'ri emas. Golli vaziyat yoki jarohat etkazish kabi vaziyatlar ko'rib chiqilsa maqsadga muvofiq, bo'lmasa bu tizim o'yin tempiga tasir ko'rsatishi mumkin. Biz gol urganda hakam hisoblamadi. Operatordan tasvirlarni olib vaziyatni qaytadan ko'rib chiqamiz. Fikrimcha biz haqqoniy gol urgandik. O'yin xolati buzildi deb bizga qarshi jarima belgilandi. Aslida o'sha vaziyatda "Yangier"ning ikki futbolchisi o'zaro tortishgandi. Mayli hozir bu bahona bo'lishi kerakmas.

- "Mashal" - "Qo'qon-1912" uchrashuvida kiritilgan golga munosabatingiz...


- Har ikki jamoa muxlislari to'g'ri tushunishsin, xolis inson sifatida bu vaziyatga o'z fikrimni bildiraman. Bu erda feyr-pleyga amal qilinadigan xolat yo'q. Kimdir jarohat olmadi, shundan to'p raqibga qaytarilishi shart emasdi.

Bu vaziyatda hujumchi darvoza tomon zarba berdi, qaradi, to'p darvoza to'rida. Hujumchi ham soniyalar ichida yuz bergan jarayonni ko'rmadi. Aniq yili yodimda, xuddi shunday xolat Qo'qonda "Paxtakor"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda ham sodir bo'lgandi. O'shanda "Paxtakor" jamoasi xuddi shunday vaziyatda gol kiritgan. Bu o'yindan keyin ham kechagi kabi tortishuvlar yuzaga kelgan deb eshitgandim. O'tgan mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasidagi faoliyatimda bu haqida eshitgandim. Bu vaziyatda futbolchi yoki murabbiyni ayblamagan bo'lardim. Feyr-pleyga amal qilinishi zarur bo'lgan xolatni umuman ko'rganim yo'q. Hech kim jarohat olgani yo'q, nima uchun u erda feyr-pley atamasi ishlatilganiga tushunmadim. Darvoza to'rini kataklari kattaroq ekaniga futbolchi yoki murabbiy aybdor emas.

- Bugungi o'yindan so'ng har ikki jamoaning jismoniy tayyorgarligini qanday baholaysiz?

- Men o'z jamoam haqida aytishim mumkin. "Buxoro"ning hozirgi kunda jismoniy xolati yaxshi. O'yinda biron futbolchining kuchi etmay yotib qolgan vaziyat yuz bergani yo'q.

- "Buxoro"ning hujum va yarim himoya chiziqlarida kimlarga nisbatan etirozingiz bor?


- Yutqazgandan so'ng butun jamoa aybdor bo'ladi. Qaerdadir biz xato qildik, shu sabab yutqazdik. O'zim uchun xato yuz bergan vaziyatni bildim, hozir qaysidir futbolchini aybdor deb alohida ko'rsatmoqchi emasman. Bugun eng yomon o'yinlarimizdan birini o'tkazdik.

- Pro-ligadan Superligaga chiqish bo'yicha qaysi jamoalarning imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?


- Bugungi o'yindan kelib chiqsak, "Yangier" jamoasida ham imkoniyat bor. Har bir jamoaning oldida o'z maqsadi va vazifasi bor. O'z fikrimni aytadigan bo'lsam, "SHo'rtan" va "Istiqlol" jamoalarida imkoniyatlar ozdek ko'rinmoqda. Lekin 4 ta turdan xulosa qilish qiyin. Hozircha barcha jamoalarda imkoniyat bor, barchaga birdek omad tilayman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика