So’nggi yangiliklar

01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  1 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  0 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  7 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  21 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  7 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  4 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  180 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1 18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0

Davron Fayziev: Erkinjon Turdimovning Dinamoni o'z nazoratiga olgani bizga katta kuch berdi Yangiliklar

Davron Fayziev: Erkinjon Turdimovning Dinamoni o'z nazoratiga olgani bizga katta kuch berdi

Teglar :  Davron Fayziev
Dinamo - Orol (3:0) uchrashuvidan keyin Dinamo jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugun jamoamiz yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsada, futbolchilar ko'rsatgan o'yindan to'liq qoniqish hosil qildim, deyishim qiyin. Negadir, o'z maydonimizda o'yin jihatdan tashabbusga ega bo'layotgan bo'lsakda, jamoa safardagidan nisbatan og'irroq o'yin namoyish etmoqda. SHu jihati menga yoqmayapti.

- Jamoa futbolchilaridan aynan nimani kutayapsiz?


- Men har o'yinda maydonda jang qiladigan, shijoatli va kurashuvchi jamoani ko'rmoqchiman. Hozirgacha oladigan bo'lsak, uyimizda faqat “Mashal”ga qarshi ko'rsatgan, 2:0 hisobida yutgan o'yinimizdan qoniqdim. Safarda jamoa yaxshiroq o'ynayotgan bo'lsa, uyda men kutgan o'yinni har doim ham ko'rsata olmayapmiz. Menga har o'yinda raqib xoh oxirgi o'rinda bo'ladimi, xoh peshqadam jamoa bo'ladimi ularga qarshi maydonda jang qiladigan futbolchilar va o'yin kerak. Hozirda esa raqiblarga qarshi jamoaning ruhiy tayyorgarligi turli xil bo'lmoqda. Jamoa istalgan o'yinda jangovar kayfiyatda tushishi shart. SHu bois futbolchilardan eng avvalo shijoat, kurash va tezlikni talab qilaman.

- “Orol” so'ngi turda “Mashal” ustidan yirik 3:0 hisobida g'alaba qozongandi. Bu ham jamoani o'yinga tayyorlashda tasir qilgandir?


- CHindanam, «Orol» jamoasi so'nggi pog'onada borayotgan bo'lsada, raqiblariga jiddiy qarshilik ko'rsata oladi. SHu bois yigitlarimizga bu raqibga qarshi bahs qiyin bo'lishini uqtirgandim. Bugungi o'yinni ko'rmay, faqat 3:0 natijani eshitgan muxlislar “Dinamo” oson g'alabani qo'lga kiritdi deb o'ylashi mumkin, ammo bugun jamoaga 3 ochkoni qo'lga kiritish oson bo'lgani yo'q.



- Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning “Dinamo” bilan uchrashuvi va jamoani o'z nazoratiga olgani ham futbolchilarga qandaydir ruhiy ko'mak berayaptimi?


- SHubhasiz! Erkinjon Oqbo'taevichni butun O'zbekiston futbol jonkuyari sifatida bilishi bejizga emas. Bunday rahbar bilan faqat yuqori natijalarni ko'zlayapmiz. Viloyat hokimining biz bilan uchrashuvda belgilagan vazifa va maqsadlari bizga ham katta masuliyat yuklaydi. Xususan, futbolchilar ham buni juda yaxshi tushunib turishibdi. Erkinjon Turdimovning “Dinamo”ni o'z nazoratiga olgani bizga katta kuch berdi. Yig'ilishdan so'ng, kuni kecha klub qarorgohida bo'lib, vaziyat bilan to'liq tanishdilar, uchrashuv davomida “Dinamo” jamoasi tarixini shu darajada yaxshi bilishlari shaxsan meni hayratga soldi. Erkinjon Oqbo'taevichning shonli tarixga ega “Dinamo” jamoasi mavqeini yana qayta tiklash borasidagi gaplari biz uchun ham katta masuliyat bo'ladi.

- Pro-Liga yakunigacha 7 tur qoldi. Jamoa eng yaqin taqibchisidan 7 ochko ortda qolmoqda. Jamoaning peshqadamlar safiga kirib olishi imkoniyati qay daraja deb o'ylaysiz?


- Oldin ham aytganman, hozir ham aytaman – “Dinamo” oxirigacha kurash olib boradi. Viloyatimiz hokimi bilan uchrashuvdan keyin jamoamiz oldiga katta vazifalar qo'yildi. Biz har bir o'yinda g'alaba uchun kurashishda davom etamiz.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика