Davron Fayziev: Dinamoga o'ziga bo'lgan ishonch qaytayotganidan xursandman
04 iyu 2018 16:35
Yangiliklar


Davron Fayziev: Dinamoga o'ziga bo'lgan ishonch qaytayotganidan xursandman
“G'alaba qozonish har doim yoqimli, lekin g'alaba bilan mag'lubiyat har doim yonma-yon yuradi. Meni quvontirayotgani jamoamiz tobora o'z o'yinini topib borayotgani. Hozirda hech qanday bo'shashga haqimiz yo'q. Sababi oldinda bizni muhim bahslar kutib turibdi. Bu g'alaba bizni yanada kuchaytirishi kerak. Yigitlarda o'zlariga ishonch yana qaytayotganidan xursandman. O'ylaymanki, endi shu tempni saqlab qolib, ishlashda davom etamiz.
CHindanam bugungi “SHo'rtan” ustidan qozonilgan g'alaba “Dinamo”ning joriy mavsumdagi eng muhim g'alabasi va eng chiroyli o'yinlaridan biri bo'ldi. Lekin bu bilan to'xtab qolish yaramaydi. Oldinda “Surxon”ga qarshi muhim bahs kutib turibdi. Ertadanoq o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.
Bugungi g'alabamizda bizni har qanday holatda ham qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarimizning ham hissalari bor. Samarqanddan G'uzorga kelib stadionda jamoani qo'llab turganliklari yigitlarga tasir qildi. “Dinamo” o'z muxlislarini xursand etishi uchun ishlashda davom etamiz” – deya fikrini yakunladi Davron Fayziev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar