Davron Fayziev - Dinamo bosh murabbiyi
28 apr 2018 16:35
Yangiliklar


Davron Fayziev - Dinamo bosh murabbiyi
Bugun, Dinamo klubi rahbariyati, viloyat futbol associaciyasi, klub murabbiylari va futbolchilar ishtirokida navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazildi.
Unda «Dinamo» jamoasining mavsumni qoniqarli natijalar bilan boshlay olmagani takidlandi. SHu bois klub murabbiylar shtabida o'zgarish qilindi. O'z vaqtida «Dinamo» jamoasida to'p surgan sobiq futbolchi, o'tgan mavsum Jizzaxning «So'g'diyona» klubida faoliyat yuritgan Davron Fayziev «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Murabbiy oldiga jamoani Superligaga olib chiqish vazifasi qo'yilgan. Klubda Ilhom SHaripov bosh menejer sifatida faoliyat yuritsa, Uchqun Qobilov va Rafael Balasanyan bosh murabbiyga yordam berishadi.
Davron Fayziev bugun «Dinamo» - «Xorazm» uchrashuvida jamoani boshlab tushadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar