So’nggi yangiliklar

14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  3 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  4 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27

Davron Fayziev: “Bizga omad etishmayapti” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Bizga omad etishmayapti”

“So'g'diyona” – “Neftchi” uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev qatnashdi.

– Barcha guvoh bo'ldi – bugun juda qiziqarli o'yin bo'ldi. Lekin natija bizning foydamizga ishlamadi. Biz so'nggi turlardagi uchrashuvlarimizdan so'ng o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarayotgan edik. Muxlislar bizdan albatta chiroyli o'yin va g'alaba kutishayotgan edi. Bugungi natija uchun ulardan uzr so'rayman.

Bizning og'ir kunlarimizda ham, xursandchilik kunlarimizda ham tinmay qo'llab-quvvatlab turishayotganliklari uchun muxlislarga rahmat aytaman. Ularni ishonchini oqlashga harakat qilamiz. O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, o'yin birinchi to'p kiritilgunga qadar davom etdi. Agar biz birinchi bo'lib to'p kiritganimizda biz g'alab qozonardik.

Umumiy tomonlama olib qaralganda bugungi o'yin durrangga mos edi. Tashkillashtirgan ko'plab xavfli vaziyatlarimizda so'nggi zarbani beradigan futbolchi topilmadi. Turnir jadvalining pastki qismida juda qizg'in kurash ketayapti. Bu kurashda oldindan qo'l ko'tarish bo'lmaydi. Ko'p uchrashuvlarda etarlicha 100 foiz golga tortadigan vaziyatlar yaratayapmiz. Ularni golga aylantirishda mahorat va omad etishmayapti. Omad ham o'z-o'zidan kelavermaydi. Omad kelishi uchun tinmay mehnat qilish lozim. Omadni o'z tomonimizga og'dirish yo'lida ishlashda davom etamiz.

Jasur Hakimov kecha jamoa mashg'ulotlariga qo'shildi. Unda charchoq alomatlari borligi uchun tarkibga kiritmadim. SHuningdek “Neftchi” jamoasiga qarshi salkam ikki hafta davom etgan mashg'ulotlarimizda ham Jasur ishtirok etmagandi”, - deydi Davron Fayziev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика