So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Davron Fayziev: “Afsuski, murabbiy maydonga o'zi chiqib, gol ura olmaydi. Istefo so'rab ariza yozaman" Yangiliklar

Davron Fayziev: “Afsuski, murabbiy maydonga o'zi chiqib, gol ura olmaydi. Istefo so'rab ariza yozaman"

“Dinamo” – “Buxoro” uchrashuvidan keyin dastlab Davron Fayziev matbuot anjumanida savollarga javob berdi.

- Bunday mag'lubiyatdan keyin nima deyish ham mumkin – “Sen urmasang, senga urishadi” deyishadi. Imkoniyatlardan foydalanishimiz shart edi. Ayniqsa, birinchi bo'limda vaziyatlarni golga aylantirishimiz lozim edi. Yutsa jamoa, yutqizsa murabbiy yutqazadi. O'yindan keyin jamoa futbolchilari bilan gaplashib oldik, natijaga javobgar shaxs sifatida klub rahbariyati oldiga istefoga chiqish haqidagi arizamni yozib qoldiraman.

Afsuski, murabbiy maydonga o'zi chiqib, gol ura olmaydi. Futbolchilar berilgan ko'rsatmalarni bajarishlari lozim. Ikkinchi davrada qora chiziqdan chiqib keta olmayapmiz, har o'yinda qator foydalanmayotgan vaziyatlar bizni pastga tortmoqda. Yigitlarni ayblay olmayman, bunday ketma-ket mag'lubiyatlar uchun kimdir javobgarlikni olishi kerak va mag'lubiyat uchun hamma aybni o'z bo'ynimga olaman. Ammo, ishonamanki murabbiylar shtabi va jamoa hozirgi vaziyatdan chiqib keta oladi. Boshqa qo'shimcha qila olmayman, o'zim ham ayni damda juda asabiy holatdaman. Mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'rayman. Mening klubdagi taqdirimni endi klub rahbariyati hal etadi.

CHindanam, Amirjon Safarov 1-bo'limning o'zida 3-4 marta yakkama-yakka vaziyatda chiqib borib, gol ura olmadi. Ammo, etibor bering jamoada aynan unda mana shunaqa golli vaziyatlar bo'layapti. Mashg'ulotlarda ishlayapti, foydalanadi, ammo o'yinda omadi yurishmayapti. Ammo, Safarov maydondagi mehnati bilan asosiy tarkibda to'p surishga loyiqligini ko'rsatayapti. Ishonamanki, Amirjonning omadi yurishib ketsa, uningdek hujumchini topish qiyin bo'ladi.

Qaerda xato qildik? Vaziyatlarni urmagandan keyin, qarshi hujumlarni o'tkazib yubordik. Qandaydir 10 daqiqa ichida raqiblar bizni jazolashdi. Natija o'yinga umuman mos bo'lmadi, ammo nima ham qilardik, futbolda bunday mag'lubiyatlar uchrab turadi. Jamoa oraliqdagi katta tanaffusdan keyin o'ziga kelishi shart. Faqatgina mehnat va ko'proq harakati bilan jamoa og'ir vaziyatdan olib chiqib ketishi mumkin. Yana bir marta samarqandlik barcha muxlislardan mag'lubiyat uchun uzr so'rayman.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика