So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Davron Fayziev: "Qizilqum" bizga hech qanday imkoniyat qoldirgani yo'q" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Qizilqum" bizga hech qanday imkoniyat qoldirgani yo'q"

"Qizilqum" - "So'g'diyona" (4:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Davron Fayziev ishtirok etdi.
"Barchani yangi mavsum bilan tabriklayman. O'yin borasida "Qizilqum" jamoasi haqiqiy ishtiyoq, xarakter evaziga g'alaba qozondi. Mezbonlarda imkoniyat ko'proq bo'ldi. Raqib bizni xato qilishga majbur qildi. Himoyachilarimiz qo'pol xatolarga yo'l qo'yishdi. Buning natijasida biz yirik hisobda yutqazdik. "Qizilqum" bizga hech qanday imkoniyat qoldirgani yo'q. Har bir xatoda ular bizni jazolashdi. Agar biz birinchi gol urganimizda balki natija boshqacha bo'lishi mumkin edi", - deydi Fayziev.

- "So'g'diyona"ni bir qator tajribali futbolchilar tark etdi. Ularning o'rniga kerakli o'yinchilar talkif etildimi?

- So'nggi 3 yillik tarkibdan 10 foizi qoldi xolos. Murabbiy sifatida o'zimni oqlamoqchi emasman. Jamoa yutqazdimi demak menda ayb bor. Yangi tuzilgan jamoadan darhol natija talab qilish to'g'ri emas. Birinchi bo'limda o'yinimiz umuman qovushmadi.

- Birinchi turdagi natijalar kutilmagan bo'ldimi?
- Barcha uchrashuvlarda kutilmagan natijalar bo'ldi. "Qizilqum" ham yirik hisobda yutishini hech kim kutmagandi. "Dinamo" o'z maydonida yutqazdi, "Navbahor" mag'lub bo'ldi. Superkubok sohibi, chempion g'olib bo'la olmadi. Bu - futbol. Kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Jamoa g'olib bo'ladi, yutqazsa murabbiy yutqazadi.


"So'g'diyona" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика