So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  28 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Davron Fayziev: “Oldimizga keyingi bosqichga chiqish vazifasi qo'yilgandi” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Oldimizga keyingi bosqichga chiqish vazifasi qo'yilgandi”

O'zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichining javob o'yinida “Qo'qon-1912” o'z maydonida “So'g'diyona”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Dastlabki uchrashuvda ham jizzaxliklar 1:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi. SHu bois Davron Fayziev jamoasi chorak finalga yo'l oldi. Uchrashuvdan so'ng “So'g'diyona” ustozi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. CHunki birinchi uchrashuvda biz keyingi bosqichga chiqish masalasini o'z maydonimizda xal etishga yaqin edik. Ammo 1:0 hisobida g'alaba qozongandik. Javob uchrashuvgi ham puxta hozirlik ko'rilgandi. Bugun o'zinglar ham ko'rdinglar, maydonda jiddiy kurash kechdi. “Qo'qon-1912” yaxshi shakllangan jamoa. Tarkibida maxoratli o'yinchilar talaygina. Bu jamoaning oldingi o'tkazgan 3-4ta bahslarini diskini ko'rib chiqqandim va shunga monand taktika ishlab chiqdik. Bugun omad biz tomonda bo'ldi – deya gap boshladi Davron Oripovich. 

- Oldimizga vazifa qilib keyingi bosqichga chiqish masalasi qo'yilgandi. Bugun uni safarda amalladik. Bundan xursandmiz. Endi qo'qonliklar bilan chempionat doirasida 26 iyun kuni yana o'ynaymiz. Bo'lajak bahs ham og'ir kechishini hozirdan aytish mumkin. CHunki uch marotaba ketma-ket bir jamoa bilan o'ynash juda og'ir. Endi uydagi o'yinga yanada jiddiy tayyorlanishga xarakat qilamiz. Biz uchun yaxshi kunlar yaqinlashmoqda degan bo'lardim. Xushxabarni eshitgan bo'lsangiz, “Qo'qon-1912” bilan o'yinni Jizzaxdagi yangi stadionda o'tkazamiz. Buni juda intiqlik bilan kutayotgandik. Yangi stadiondagi ilk uchrashuvda muxlislarimizni g'alaba bilan xursand qilishga urinamiz. 

- Asosiy vazifamiz bu yil oliy ligada jamoani o'z o'rnini topishida xizmat qilish. Buning uchun hali oldinda yana ko'p ishlashimiz kerak. Eng avvalo barqarorlikka erishish uchun jamoada tartib-intizom birinchi navbatda bo'lishi kerak. SHundagina maqsadga erishish mumkin. 

- Kubokning chorak finalida endi “Bunyodkor” va “Obod” juftligi g'olibi bilan o'ynaymiz. Undan oldin chempionat doirasida ikkita muhim uchrashuv kutib turibdi. Har bir o'yinga jiddiy qaraymiz va muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun kurashamiz – deydi Fayziev. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика