So’nggi yangiliklar

12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  0 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  2 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  5 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  7 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  9 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  3 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0

Davogar to'rtta, g'olib bitta bo'ladi Yangiliklar

Davogar to'rtta, g'olib bitta bo'ladi

Ispaniya chempionati turdan turga qizimoqda.

Ayni paytga kelib kuchli beshlik chempionatlari orasida eng qiziqarlisi Ispaniya La Ligasi bo'lib turibdi. CHunki to'rtta klub - "Atletiko", "Real", "Barselona" va "Sevilya" chempionlik uchun kurash olib bormoqda.

Mana shu to'rt jamoa ishtirokidagi 35-tur o'yinlari diqqat-markazimizda bo'ldi. Bunda g'oliblikka davogar klublar o'zaro bahs olib borishdi. "Barselona" o'z maydonida "Atletiko" bilan 0:0 o'ynagan bo'lsa, "Sevilya" safarda "Real"ga qarshi 2:2 hisobini qayd etdi.

Zerikarli o'yin

"Barselona" - "Atletiko" bahsi ko'p ham qiziq bo'ldi deb aytish qiyin. Bunda har ikki jamoa avvalo gol o'tkazmaslikka harakat qildi va juda ehtiyotkor bo'lib o'ynadi. Bir-ikki vaziyatda Messi katta sahnaga chiqishga harakat qildi, jarima to'plarini tepdi, o'yinni bir o'zi hal qilishga urindi, lekin kuchi etmadi. 

Aytish mumkinki, "Atletiko"ni bir ochko qoniqtirdi. Jamoa jadvalda hamon peshqadamlik qilishda davom etmoqda. "Matraschilar" safida zaxiradan maydonga tushgan Joao Feliks o'yin oxirlarida bahs taqdirini o'zgartirib yuborishi mumkin edi, biroq unga sal omad etishmadi.


Mag'lubiyatga uchramagan "Real"

Kecha tunda "Real" - "Sevilya" qarama-qarshiligi kuzatildi. Juda qiziq to'qnashuv bo'ldi. "Sevilya" ikki bor hisobda oldinga chiqib ham g'alabani ushlab qola olmadi. Agar bu o'yinda andalusiyaliklar yutib ketganida bormi, turnir jadvali yanayam dahshatli ko'rinish olardi.

O'yinning 76-daqiqasida qiziq holat ro'y berdi. Qarshi hujumga chiqib ketgan Karim Benzemani raqib posboni jarima maydonchasi ichida qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Bu g'irt penaltiga tortadigan vaziyat edi. Benzemaning o'zi to'pni qo'liga olib penalti tepishga hozirlik ko'ra boshladi. Hakam penalti belgiladi, faqat boshqa darvozaga. Negaki bitta oldingi vaziyatda "Real" futbolchisi to'pni qo'li bilan o'ynagan ekan. Hakam VARni ko'rib, "Real" darvozasiga 11 metrlik jarima to'pi qo'ydi, penaltini esa Ivan Rakitich aniq amalga oshirdi. 

Uchrashuv oxiriga kelib "Sevilya"ning g'alaba qozonishi oydinlashib borayotgan bir paytda "Real"ni hisobni tenglashtiruvchi golni urishga muvaffaq bo'ldi. Hakam o'yinga 6 daqiqa qo'shdi va qo'shib berilgan 4-daqiqa o'tib borayotgan paytda Toni Kroos uzoqdan kuchli zarba yo'lladi. To'p yo'l-yo'lakay Eden Azarga tegib yo'nalishini o'zgartirdi va darvoza to'ridan joy oldi. 

Avvaliga saytlar bu golni avtogol sifatida qayd etishdi, so'ngra Azar nomiga yozildi. Aslida Azar to'p muallifi bo'ldi. Endi buni rikoshet deyish kerakmi yoki Kroosdan qabul qilib olingan to'p uzatishmi, bir narsa deyish qiyin. SHunday qilib "Real" qiyin bahsda zo'rg'a mag'lubiyatdan qutilib qoldi.


CHempion kim bo'ladi?

Hozirda ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol shu: La Ligada kim chempion bo'ladi? Jadvalga qaraydigan bo'lsak, "Atletiko" 77 ochko bilan hamon peshqadamlik qilmoqda. "Real" va "Barsa" hisobida bir xil 75tadan ochko bor. "Sevilya" esa 71 ochko bilan kuchlilarni taqib qilishda davom etyapti. 

O'yin jihatdan olib qarasak, bu yilgi chempionlikka "Atletiko" haqlidek ko'rinadi. Diego Simeone shogirdlari mavsumni hartugul bir tekis o'tkaza olishdi. "Real" bir tekis o'yinni hamon yo'lga qo'ya olmay kelayotgan bo'lsa, "Barsa"da kadrlar muammosi ko'zga tashlanib qolyapti. "Barselona" himoyasi-ku bu alohida katta mavzu.

"Sevilya" Lopetegi qo'l ostida yanayam kuchli raqibga aylandi. Jamoa o'yinni bir nafasda olib boradi. Lekin peshqadamdan olti ochko ortda qolayotgani chempionlikka erishish uchun qiyin bo'ladi. SHunday ekan, katta ehtimol bilan g'oliblik masalasi kuchli uchta klub o'rtasida hal bo'ladi.

Oxirgi ikki tur bir vaqtda boshlanadi

Jamoalar bir-birlariga qarshi o'zaro o'ynab bo'lishdi. Endi ularni boshqa raqiblar bilan o'yinlar kutmoqda. SHunday qilib kim chempion bo'lishini boshqa o'yinlar ko'rsatib beradi. Aytgancha, Ispaniya chempionatining oxirgi 2ta turi bir vaqtda boshlanadi. 37-tur bahslari 21:30da, 38-tur esa 21:00da start oladi. Balki chempion nomi oxirgi turdan so'ng hal bo'lar.

36-tur

11 may. 01:00. "Levante" - "Barselona"

12 may. 22:00. "Sevilya" - "Valensiya"

12 may. 01:00. "Atletiko" - "Real Sosedad"

13 may. 01:00. "Granada" - "Real"


37-tur

16 may. 21:30. "Atletiko" - "Osasuna"

16 may. 21:30. "Vilyarreal" - "Sevilya"

16 may. 21:30. "Barselona" - "Selta"

16 may. 21:30. "Atletik" - "Real"


38-tur

23 may. 21:00. "Valyadolid" - "Atletiko"

23 may. 21:00. "Sevilya" - "Alaves"

23 may. 21:00. "Real" - "Vilyarreal"

23 may. 21:00. "Eybar" - "Barselona"

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика