David Vilya: "Start yaxshi bo'ldi"
09 mar 2015 15:49
Yangiliklar


David Vilya: "Start yaxshi bo'ldi"
"Nyu-York Siti" hujumchisi David Vilya "Orlando"ga qarshi MLS chempionatining o'yini natijasidan (1:1) ko'ngli to'ldi.
Bu uchrashuvda Vilya golli pas berdi, raqib yulduzi Kaka esa o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.
"Jamoaning harakatlaridan xursandman. Start yaxshi bo'ldi. Qo'llab turgan barchaga rahmat" - deydi Vilya o'zining Instagram sahifasida.

Fikrlar