David Luis faoliyatini qaysi jamoada yakunlamoqchi ekanligini aytdi

Mirjalol Normatov
24 may 2020
"Arsenal"ning 33 yoshli himoyachisi David Luis "Benfika"da faoliyatini yakunlamoqchi.

Futbolchi 2007-2011 yillar davomida ushbu jamoa tarkibida o'ynagan. 2021 yilning yozida u erkin agentga aylanadi.

"Oldin ham aytganimdek, faoliyatimni "Benfika"da yakunlamoqchiman. Futbolda barcha narsa o'zgaradi. Bugungi haqiqat ertaga yolg'onga aylanishi mumkin, lekin mening hissiyotlarim o'zgarmaydi. Orzuyim - "Estadiu da Lush"ga qaytish", - dedi Luiz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal