David Luis faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin
13 iyu 2021 08:02
Yangiliklar


David Luis faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin
Londonning “Arsenal” klubida to'p tepgan braziliyalik himoyachi David Luiz Franciyaning “Marsel” klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda Get French Football News nashri xabar bermoqda.
Futbolchining xizmatlariga shaxsan “Marsel”ning argentinalik murabbiyi Xoxe Sampaoli qiziqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Luiz 2014-2016 yillarda PSJ tarkibida Franciya chempionatida to'p tepgan. O'tgan mavsumda u “Arsenal” tarkibida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urishga erishdi.
Transfermarkt.de xabariga ko'ra, ayni paytda futbolchi jarohatini davolash bilan band.
“Marsel” o'tgan mavsum Franciya chempionatida 38 uchrashuvda 60 ochko jamg'arib, 5-pog'onani egalladi. Jamoa bahslarni Evropa Ligasi guruh bosqichi bellashuvlari bilan boshlaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar