David Alaba bir oyga safdan chiqdi, u muhim o'yinlarni o'tkazib yuboradi
23 fev 2023 20:50
Yangiliklar
David Alaba bir oyga safdan chiqdi, u muhim o'yinlarni o'tkazib yuboradi
"Real" futbolchilari Rodrigo hamda David Alaba jarohat olib, safdan chiqdi.
Ikkala futbolchi ECHLning 1/8 finali doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yinda jarohat oldi, Alaba 27-daqiqada, Rodrigo esa 81-daqiqada maydondan olingandi.
"Real" matbuot xizmati Davidning o'ng oyog'ida, Rodrigoning mushaklarida jarohat borligini malum qildi. "El Chiringuito TV" xabariga ko'ra, Alabaning tiklanishi uchun bir oy, Rodrigoga esa 10 kun kerak.
"Real" 25 fevral kuni "Atletiko", 2 mart kuni "Barselona" bilan o'ynaydi. Ushbu o'yinlarda Alaba va Rodrigo ishtirok etmasligi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar