Dato’ Aleks Susey OCHLda o'zbek klublariga omad tiladi
11 dek 2013 08:23
Yangiliklar

Dato’ Aleks Susey OCHLda o'zbek klublariga omad tiladi
Kecha Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo futbol konfederaciyasi ofisida 2014 yilgi CHempionlar ligasi hamda OFK kubogi musobaqalari uchun tashkil etilgan qura marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirlar uchun akkreditaciyadan o'tgan ommaviy axborot vositalari vakillari qiamiz futbolining oliy organi bosh kotibi bilan suhbatlashish imkoniga ega bo'ldilar. 2009 yildan buyon OFK bosh kotibi lavozimiga tasdiqlangan malayziyalik Dato’ Aleks Susey Osiyodagi etakchi jurnalistlar bilan uchrashuv davomida mamlakatimiz futboliga doir savollarga ham javob qaytardi.
Jumladan, O'zbekiston jamoalarining imkoniyatlarini qanday baholashi haqida u quyidagilarni bildirdi:
- “Bunyodkor” OCHL bellashuvlarini guruh bosqichidan boshlaydi. Bu klub qitada baland nufuzga ega. So'ngi ikki mavsumda jamoa SHarqiy mintaqada ishtirok etdi. Va mahalliy grandlarga etarlicha tashvishlar tug'dira oldi. O'ylaymanki, “Bunyodkor” yangi turnirda ham muvaffaqiyatli qatnashadi. G'arbiy mintaqadan finalga beriladigan yo'llanma uchun O'zbekistonning amaldagi chempioni asosiy davogarlardan biri bo'lishi kutilmoqda. Jamoaning OCHLdagi tajribasi bunga asosiy omil.
“Lokomotiv” va “Nasaf” oson bo'lmagan saralashni engib o'tishlari kerak bo'ladi. Bu – futbol. Unda kim kuchli bo'lsa, o'sha g'olib chiqadi. Men mamlakatingizning uchala vakiliga faqat va faqat omadlar tilab qolaman, - deydi Aleks Susey.
Janob Susey qura bilan bir kunga to'g'ri kelgan O'FF prezidenti saylovlariga ham to'xtaldi:
- Sizning yurtingizda futbolga hukumat tomonidan juda kuchli etibor bor. Hukumatning bu ko'magi evaziga, qisqa qilib aytganda, janob Mirabror Usmonov so'ngi yillarda nafaqat o'zbek futboli rivoji yo'lida, balki butun Osiyo futboli taraqqiyoti yo'lida ham ulkan mehnat hajmini amalga oshirdi. U kishining O'FF prezidentligiga yangitdan saylanishi bu yaxshi voqea. Men janob Usmonovni tabriklayman va yangi davrda o'zbek futboli yanada keng ravnaq topishiga ishonaman.
Ulug'bek Mirzaev,
Kuala-Lumpur

Fikrlar