So’nggi yangiliklar

07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  0 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  1 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  2 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  6 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0

Darvozabon Remsdeyl - "Arsenal" yangi lideri Yangiliklar

Darvozabon Remsdeyl - "Arsenal" yangi lideri

U "Lester" bilan o'yinda 8 ta seyv qildi (shaxsiy rekord).

"Arsenal" bitta relsga tushib oldi: 9 o'yindan beri yutqazmayapti (7 g'alaba, 2 durang) va hozir APLda 6-o'rinda bormoqda. 

10-tur doirasidagi "Lester"ga qarshi bahsda Arteta jamoasidan gollarni Gabriel Magalyaes va Emil Smit-Rou urdi – ammo uchrashuvning asosiy qahramoni London klubiga avgustda kelib qo'shilgan va tezda Bernd Lenoni zaxirada mixlab qo'ygan "Arsenal" posboni Aaron Remsdeyl bo'ldi.

23 yoshli kiper deyarli hamma zarbalarni qaytarishga erishdi – raqamlar buni yaqqol isbotlaydi.

- Remsdeyl Premer-ligada seyv namoyish qilish borasida shaxsiy rekordini o'rnatdi (8 ta!). Ulardan 4 tasi birinchi taymning o'ziga to'g'ri keldi – bu esa 2021/22 yilgi mavsumda APL darvozabonlari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich.

- "Arsenal" darvozasi tomon 6 o'yinchi zarba yo'lladi – ulardan hech biri angliyalikni xafa qila olmadi

Jonni Evans (1 marta)

Yuri Tilemans (1)

Xarvi Barns (3)

Jeyms Meddison (1)

Kelechi Ixeanacho (1)

Ademola Lukman (1)

- Eng mohirona seyv Meddisonning zarbasidan keyin kuzatildi – Remsdeyl tanaffus oldidan aql bovar qilmas mahoratini ko'rsatdi. Barchasini fotosuratlarda tomosha qilishingiz mumkin.

Holat mana bu rakursdan yanada hayratlanarli ko'rinadi

Bunday qutqaruvlarning klassik atributi – raqiblarning hayratda qolgan murabbiyi. Brendan Rojers boshini ushlab oldi – u Evropa ligasida bunaqasini aniq ko'rmagan.

"Lester" murabbiyi o'yindan keyin Remsdeylni maqtadi: "U bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Hakam to'p darvoza chizig'ini kesib o'tganini qayd etishini kutdik, ikki marta shunday holat bo'ldi. Darvozabon "Arsenal"ga "quruq" o'yin keltirdi".

Peter SHmeyxel Twitter'da buni "yil seyvi" deb atadi – "Manchester Yunayted" afsonasi "Arsenal" kiperini shu tariqa ruhlantirdi

- "Lester" ko'p ko'rsatkichlar bobida ustun edi, ammo "Arsenal" darvozaboni zarbalarni ustamonlik bilan qaytarib, o'yinning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor chiqdi.

- Remsdyel ushbu mavsumda APL 7 o'yinida 4 ta "quruq" o'yin o'tkazdi – "Arsenal" u bilan 6 ta g'alabaga erishdi.

- Aaron APL joriy mavsumida 28 zarbadan 24 tasini to'sdi – 85,7% ishonchli o'yin. Liga darvozabonlari orasida faqat Eduar Mendi undan kuchli (89,7%).

O'yin tugagach, posbon tribuna tomon yuugurdi va muxlislardan biriga futbolka sovg'a qildi – u nafaqat qoyilmaqom seyvi bilan, balki qiymati yuqori hadya bilan ham quvonch bag'ishladi.

SHunday qilib, Aaron Remsdeyl "Arsenal" ishqibozlarining asosiy yoqimtoyiga aylandi.

Lester – Arsenal 0:2 

«King Pauer»

Gollar: 0:1 – 5 Gabriel, 0:2 – 18 Smit-Rou.

Lester – SHmeyxel, Kastan, Evans, Amarti (Barns, 46), Soyunju, Tomas, Tilemans, Meddison (Daka, 71), Sumare, Vardi, Ixeanacho (Lukman, 46).

Arsenal – Remsdeyl, Tomiyasu, Gabriel, Uayt, Nunu Tavaresh, Saka (Pepe, 85), Smit-Rou (Kolashinac, 90), Parti, Lokonga, Lyakazett (Edegor, 58), Obameyang.

Ogohlantirishlar: Evans (68), Vardi (75).

SHerzod Nurmatov tarjimasi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика