So’nggi yangiliklar

21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  4 21:04ОЧЛ-2. "Насаф" чемпионликдан кейинги 4-ўйинида ҳам мағлуб бўлди  263 20:40Расман: "Интер Майами" Луис Суарес билан янги шартномани узайтирди  1 19:54Санья Мбаппе ҳақида: "Роналду "Реал"даги фаолиятини яхши бошламаган, Бенземанинг трансферини хато, Бекхэмникини эса омадсизлик деб аташган. Улар клуб афсоналарига айланишди"  2 19:26Моуринью: "Педри менда "Барселона"дан кўра кўпроқ таассурот қолдирди"  3 18:53Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритади. Бу ҳақда бугун эълон қилинади  2 18:30Азимжон Аҳмедов: "Андижон" билан ўзгача ҳисоб-китобимиз бор"  12 17:42Умарали Раҳмоналиев: "АПЛда ўйнашни хоҳлардим"  11 17:14Ўзимизнинг карикатура: Ақлдан озаётган Пеп  7 16:47Қаршида бугун ОЧЛ-2 ўйини бор. Стадиондан "қайноқ" суратлар  2 16:14"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди"  23 15:45 Рустам Турдимуродов: "Навбаҳор" бизга қарши финал алами билан майдонга чиқади"  15 15:12"Бу ўйинни ўзимиз бериб юбордик"  7 14:50Сервер Жепаров Суперлиганинг энг кучли 5 мураббийи ва 5 футболчиси номини айтди  8 14:20"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0

Darvozabon chet elniki bo'lsin... Yangiliklar

Barchamiz u yoki bu klubga ishqibozlik qilamiz, o'sha chempionatni etibor bilan kuzatib boramiz. Lekin bugun gaplashmoqchi bo'lganimiz boshqa narsa xaqida: ushbu qiziq bir faktga kimdir etibor bergan, yana kimdir bunga ahamiyat bermagan.


Angliya

Inglizlar anchadan buyon mahalliy darvozabonlar bilan munosabatlarni yo'lga qo'yishda qiynaladi. Afsonaviy Gordon Benks va Piter SHilton, ikkovlon terma libosida umumiy hisobda 200ta o'yin o'tkazgan, klub darajasida chekka-chekkalarda o'ynab yurishgan va yana umumiy hisobda 1tagina chempionlik tituliga egalar. Hozir inglizlarning eng kuchli posbonlari "Everton", "Bernli" va "SHeffild Yunayted" sharafini himoya qilmoqda, "kuchli oltilik" darvozasida esa faqatgina xorijliklar.

Jo Xart bu borada oxirgi samuray bo'lgan. U ikki bor "Manchester Siti" asosiy darvozaboni sifatida APLda g'olib bo'ldi, lekin hozirda Gvardiola braziliyalik Edersonga ishonadi, uning o'rinbosari esa chililik Bravo. 

Darvozabondan kuygan Klopp "Liverpul"da boshqa bir braziliyalik Alissonni asosiy tarkibga qo'yadi, Beker tusha olmasa, uni o'rnini boshqa bir legioner — ispaniyalik quvnoq yigit Adrian egallaydi. SHunga o'xshash holat "kuchli oltilik"ning deyarli har bir vakilida. Eng yaxshi variantda jamoaning uchinchi posboni faxriy ingliz bo'lishidir.

Janubiy Amerika vakillari ko'pligiga etibor bermay iloj yo'q: etakchilarning 1 - 2 raqamli posbonlarini inobatga olsak, 5 nafari evropalik, 7tasi esa Janubiy Amerika darvozabonlari. Lekin shu o'rinda ularning bor yo'g'i ikki nafari, braziliyaliklar, asosiy tarkib azosi ekanligini, yana 5tasi ikkinchi posbon va hammasi argentinalik ekanligi qiziq tuyuldi. "Manchester Yunayted"da ispaniyalik De Xeani argentinalik Romero almashtirishi mumkin, "CHelsi"da — ispaniyalik Arrisabalaga va argentinalik Kabalero, "Tottenxem"da — francuz Loris va Argentinaning yana bir vakili Gazzaniga, "Arsenal"da — nemis Leno va yana argentinalik Martines.


Ispaniya

Ispan futboli gullagan davrda (2008 — 2012) Luis Aragones va Visente Del Boske maxsus odam yollab xorijdan terma uchun darvozabon qidirishlariga zarurat yo'q edi. "Liverpul"dagi Pepe Reynani bilishardi va mamnuniyat bilan uni termaga uchinchi darvozabon hamda jamoadagi muhitni ajoyibligini taminlovchi shaxs sifatida taklif qilishardi. Agar u jarohat olsa yoki yana nimadir bo'lib qolsa, Primeradagilarning o'zi ham etardi. Asosiy posbon va sardor "Real" vakili Iker Kasilyas edi. Birinchi o'rinbosar Kataloniyadan Viktor Valdes va zarur bo'lsa Andres Palopni "Sevilya"dan chaqirishardi.

Lekin 2011 yil David De Xea "Atletiko"dan "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tdi va ispaniyalik darvozabonlar uchun o'ziga xos trendni ochib berdi. Endi Luis Enrike terma uchun golkiperlarni xorijiy chempionatlardan qidirishiga to'g'ri kelmoqda. Ispaniya terma jamoasi asosiy uch darvozaboni Angliya va Italiya klublari sharafini himoya qilmoqda: De Xea (MYU), Arrisabalaga ("CHelsi") va Pau Lopes ("Roma"). O'z navbatida La Liga etakchilari xorijlik posbonlarni maqul ko'rmoqda.

Ikerdan so'ng qisqa vaqt Diego Lopes asosiy darvozabon bo'lgan bo'lsa, undan keyin darvoza chet elliklarga qolib ketdi. "Real"ning bugungi kundagi asosiy kiperi — Tibo Kurtua, unga juftlik sifatida PSJdan ijaraga olingan Areolya bor. "Barselona"da germaniyalik ter SHtegen va uning o'rinbosari braziliyalik Neto, "Atletiko"da sloveniyalik "devor" Oblak. Deyarli maydonga tushmasa ham "matraschilar" tarkibida ispaniyalik darvozabon Antonio Adan bor. Legioner-darvozabon xizmatlaridan "Sevilya" — Tomash Vaclik va "Valensiya" — Yasper Sillessen, ham foydalanishadi.


Italiya

Italiya terma jamoasining yangi birinchi raqami — Janluijji Donnarumma "Milan" darvozasini qo'riqlamoqda. Hozirgi "Milan"ni top klub deyish biroz mushkuldek. "Rossoneri" mana 10 yildirki chempionlik uchun emas, ECHL yo'llanmasi uchun kurashadilar. "Skuadra Adzurra"ning ikkinchi posboni "Torino" sharafini himoya qiladi, Salvatore Sirigu "buqalar" bilan A Seriyada jon saqlash haqida bosh qotirmoqda. Xo'sh, etakchilar darvozasi kimga ishonib topshirilgan?

"Yuventus"da — Voycex SHHesna (Polsha). "Inter"ning uzoq yillardan buyon asosiy darvozaboni — sloveniyalik Samir Xandanovich, "Lacio"da esa Simone Inzagi albaniyalik Tomas Strakoshaga ishonch bildirmoqda. Ushbu ro'yxatni "Roma" bilan davom ettirishimiz mumkin, u erda asosiy tarkib uchun kurashni ispaniyalik Pau Lopes yutib chiqdi. "Napoli"da esa Kolumbiya termasi posboni David Ospina iqtidorli italiyalik Aleks Meretga tinchlik bermayapti va faqatgina "Atalanta"da Perluidji Gollini — shubhasiz birinchi raqam hisoblanadi. Biroq qanchalik xohlamaylik "Atalanta" omadli o'tgan ikki mavsum bo'yicha top-klublar qatoriga kirib qolmaydi.


Franciya



Franciyada Evropa miqyosida oladigan bo'lsak, birgina top klub mavjud — PSJ va parijliklarning asosiy darvozaboni Kosta-Rikalik Keylor Navas. U "Real" bilan uch bor ECHL bosh sovrinini boshi uzra baland ko'targan, endi shu ishni PSJ tarkibida amalga oshirmoqchi. U albatta ajoyib darvozabon va samimiy inson, lekin franciyalik posbonlar qani? Loris anchadan buyon "Tottenxem"da, Areolya mavsumni "Real"da o'tkazmoqda, Liga 1da munosib darvozabonlar yo'q emas, misol uchun Mandanda va Menyan, ammo ular PSJ eshiklarini taqillata olishmayapti.


Germaniya va yagona istisno

Evropa miqyosidagi etakchilarni, ECHLda favoritlar qatorida tilga olinadigan jamoani nazarda tutsak, faqat bitta klubda mahalliy darvozabon harakat qiladi. Tushunib ulgurganingizdek gap "Bavariya" va Myunxenda to'qqizinchi mavsumini o'tkazayotgan Manuel Noyer haqida ketmoqda. Myunxenda o'zi shunaqa odat bor. Avval 1994 yildan to 2008 yilgacha Oliver Kan darvozani hech kimga bermay keldi, keyin Butt, Renzing va Kraft birgalikda uch yilni o'tkazishdi va joyni Noyerga topshirishdi. Manu 2011 yil "SHalke"dan kelgandi, navbatdagi transfer oynasida yana o'sha Gelzenkirxendan Aleksander Nyubel kelishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan "Bavariya"dagi darvozabonlar sulolasining navbatdagi vakili. Barchasi rejadagidek ketsa, Nyubel ham uzoq vaqt birinchi raqamni o'ziniki qilishi kerak.

Biroq myunxenliklar — shunchaki bir istisno. Umumiy trend Bundesligani ham chetlab o'tmagan. Musobaqa jadvali yuqorisidagi besh jamoaga qaraydigan bo'lsak, Noyerdan boshqa nemisni topa olmaysiz. Ikkita "Borussiya"da shveycariyaliklar — Roman Byurki Dortmunda va Yan Zommer Menxengladbaxda. "Leypcig"da darvoza vengriyalik Peter Gulachiga ishonib topshirilgan, "Bayer"da esa finlyandiyalik Lukash Gradecki. 

Katta futbolda barchasi aralashib ketdi va darvozabonlar misoli buning yorqin bir dalili hisoblanadi. 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика