Darren Bazeli: "Farg'ona ahli va o'yin tashkilotchilariga alohida rahmat"
03 apr 2015 19:01
Yangiliklar


Darren Bazeli: "Farg'ona ahli va o'yin tashkilotchilariga alohida rahmat"
O'zbekiston U20 - Yangi Zelandiya U20 o'rtasidagi o'yindan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Darren Bazeli o'z fikrlarini bildirdi.
"Avvalo Farg'ona ahli va o'yin tashkilotchilariga alohida rahmat. To'g'risi bunday hurmat ehtiromni kutmagan edik. Yangi stadionda ilk o'yinni biz o'tkazibmiz. Albatta bundan ham quvondik. Stadion to'la muxlis o'yinning tempini oshirib yubordi. O'yinga kelsak yaxshi bo'ldi. Himoyada xatoliklar bor. Lekin uzoq parvozni ham unutmaslik kerak. Ikkinchi bahsda yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz", - deydi Darren Bazeli.

Fikrlar