Dante: "JCH finalida Braziliya Germaniya bilan o'ynaydi"
18 dek 2013 15:32
Yangiliklar


Dante: "JCH finalida Braziliya Germaniya bilan o'ynaydi"
Braziliya milliy terma jamoasiga nomzod o'yinchi sanaladigan Dante Jahon CHempionatida g'oliblik uchun qaysi yurt vakillari kurash olib borishlari mumkinligi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Yurtimda o'tadigan mundial murosasiz kurashlarga boy bo'lishiga ishonaman. Menimcha, Jahonning etakchisi bo'lish uchun bahs olib boruvchi terma jamoalar qatoriga Braziliyadan tashqari Germaniya, Ispaniya va Argentinani ham qo'shish mumkin. Ularning orasida "bundestim"ning imkoniyatlarini yuqori baholgan bo'lar edim. Finalda Braziliya hamda Germaniya terma jamoalari to'qnash kelsa hech ham xayron bo'lmayman, - dedi “Bavariya” futbolchisi.

Fikrlar