Dann: "Diash yaqin yillarda jamoa sardori etib tayinlansa, ajablanmayman"
02 avg 2021 00:42
Yangiliklar
Dann: "Diash yaqin yillarda jamoa sardori etib tayinlansa, ajablanmayman"
"Manchester Siti" sobiq futbolchisi Richard Dann markaziy himoyachi Ruben Diash haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'tgan mavsumda APL markaziy himoyachilarining hech biri u bilan tenglasha olmadi, shuning uchun umid qilamanki, u o'sishda davom etadi. O'ylashimcha, u maydonda qanday harakat qilish kerakligini allaqachon o'zlashtirib olgan hamda tajribasini yanada oshirishi mumkin. Agar u yaqin yillarda jamoa sardori etib tayinlansa, ajablanmayman. U barchani hayratda qoldira oldi hamda ajoyib mavsum o'tkazdi", — deydi Dann.
Eslatib o'tamiz, Ruben Diash 2020 yilda "Benfika"dan 68 million evro evaziga "Manchester Siti"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u Premer-ligada 32 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar