So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  6 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  23 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  4 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Daniyada muxlislar o'yinni stadionda tomosha qilishmoqda, ammo... Yangiliklar

Daniyada muxlislar o'yinni stadionda tomosha qilishmoqda, ammo...

Teglar :  Daniya
Asta-sekin Evropa mamlakatlarida futbol bo'yicha milliy chempionatlar "restart" olmoqda.

Kecha, 28 may kuni Daniya chempionatining 24-turidan o'rin olgan "Orxus" va "Ranners" o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Koronavirus epidemiyasi tufayli stadionlarga muxlislar kiritilmayapti. Biroq "Orxus" klubi bahs o'tkazilishidan bir hafta avval o'yinni "Zoom" programmasi orqali tomosha qilish mumkinligini elon qildi. Malumot uchun: Zoom - audio va video konferenciyalar o'tkazish uchun mo'ljallangan ilova.

Virtual chiptalar tekinga berildi. Ularni klub rasmiy saytidan olish mumkin edi. Ammo bu translyaciya televizordagi efirdan nimasi bilan farq qiladi deyishingiz mumkin. O'yin vaqtida tribunalarga o'rnatilgan ekranlarda muxlislar va ularning uylari namoyish etildi.

Bahsni tomosha qilgan deyarli barcha ishiqbozlar uchrashuv payti "Orxus" ramzi aks etgan futbolka yoki sharfda edi. Kimlardir o'yinni klub futbolkalari kollekciyasi fonida tomosha qilgan bo'lsa, boshqalar bahsni do'stlari yoki oilasi davrasida ko'rdi.

O'yinni "Zoom" orqali tomosha qilmaganlarning bir qismi bahsni ochiq osmon ostidagi avtokinoteatrda kuzatdi.

Bahsni jonli efirda tomosha qilgan muxlislar "Orxus"ni 92-daqiqada mag'lubiyatdan qutilib qolganiga guvoh bo'lishdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика